Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:

qöşimça haqni ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodimning asosiy lavozimi böyiça egallab turgan stavkasiga mutanosib ravişda har oyda hisoblanadigan bazaviy lavozim maoşiga nisbatan belgilaş;

davlat ilmiy dasturlari loyihalarini körib çiqadigan ilmiy-texnik kengaşlarda har bir a’zolik (iştirok etganlik) uçun qöşimça haq miqdorini lavozim maoşiga nisbatan 15 foizgaça etib belgilaş;

akademik, taşkiliy-boşqaruv va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida kuzatuv kengaşlarining qarorlariga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlarga budjetdan taşqari mablağlar hisobidan qöşimça haq tölaş imkoniyatini beriş.

Hujjat 2023 yil 7 iyundan kuçga kirdi.