Ochilish marosimi, Masharipovlar, ikki debyutant. Hujumchisiz O‘zbekiston 3ta gol urgan o‘yindan sara fotosuratlar

Foto: tribuna.uz
Milliy jamoalar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan CAFA Nations Cup'da (Markaziy Osiyo Kubogi) A guruhi bahslariga start berildi.
Ochilish marosimida salyutlar otilgan turnirning 1-turini mezbon O‘zbekiston musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan Ummonga qarshi o‘tkazib, javobsiz 3ta to‘p kiritdi (3:0). Shu kuni jamoani sardor sifatida boshlab tushgan Jaloliddin Masharipov birinchi bo‘limda dublga erishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim so‘ngida Hojiakbar Alijonov Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng chiroyli gol urdi.
Bosh murabbiy Srechko Katanets bellashuvni nominal markaziy hujumchisiz boshladi va shunga qaramay, jamoa ishonchli g‘alabaga erishdi. Tarkibda faqat bir hujumchi — Bobur Abduxoliqov bor edi, ammo u ham zaxirada qoldirildi. Klublari ixtiyorida bo‘lib turgan Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev esa milliy jamoaga endi qo‘shilishadi.
Bu o‘yinda O‘zbekiston U-20 vakillari Abbos Fayzullayev va Abduqodir Husanov milliy jamoadagi debyutlarini o‘tkazishdi.
O‘zbekiston 1-turdan so‘ng guruh peshqadamiga aylandi, chunki ikkinchi o‘yinda Tojikiston va Turkmaniston o‘zaro durang qayd etishdi (1:1).
«Oq bo‘rilar» 2-turda 14 iyun kuni Turkmaniston bilan o‘ynaydi.
O‘rtacha tempda o‘tgan, raqibga deyarli imkon berilmagan o‘yindan olingan sara 57ta fotosuratni tomosha qiling.
Suratlar muallifi — Muhammadjon G‘aniyev
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»
Jahon | 11:33
-
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston | 11:05
-
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Jahon | 10:42
-
Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:30
Mavzuga oid

19:21 / 12.06.2023
Toshkent mezbonlik qilayotgan futbol musobaqasida qimor o‘yinlari noqonuniy reklama qilinmoqda

21:23 / 03.05.2023
Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi

22:44 / 24.04.2023
CAFA Millatlar kubogi ishtirokchi milliy jamoalari e’lon qilindi. O‘zbekiston «A», Eron «B» guruhida

00:40 / 31.07.2018