Iqtisodiyot | 14:12 / 14.06.2023
49438
3 daqiqa o‘qiladi

Nimalarning narxi oshishi mumkin? – Markaziy bank inflyatsion kutilmalar sharhini e’lon qildi

May oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 13,7 foizni, tadbirkorlik sub’yektlari kutilmalari esa 13,5 foizni tashkil qilgan. Har ikkala toifa ham valuta kursining o‘zgarishi hamda ish haqi va nafaqalarning oshishini narxlarga eng ko‘p bosim o‘tkazuvchi omillar sifatida keltirib o‘tgan. 

Foto: KUN.UZ

Markaziy bank may oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha malumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 0,4 foiz bandga pasayib, 13,7 foizni tashkil qilgan.

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi o‘zgarishi (47 foiz);
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (36 foiz);
  • narxlarning sun’iy oshirilishi (36 foiz);
  • yoqilg‘i mahsulotlari va energiya narxlarining qimmatlashishi (32 foiz).

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

May oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,5 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga kamaygan.

Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursining o‘zgarishi (44 foiz);
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (36 foiz);
  • yoqilg‘i mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (30 foiz);
  • iqtisodiyotda raqobat muhitining yomonlashuvi (18 foiz).

Shuningdek, may oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,6 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Namangan – 16,3 foiz, Toshkent – 16,1 foiz va Xorazmda 15 – foiz, eng past darajasi esa Navoiy – 11,6 foiz, Surxondaryo – 11,7 foiz va Toshkent viloyatida – 12 foiz sezilgan.

Iste’molchilar tomonidan narxlari yuqori o‘sganligi qayd etilgan tovar va xizmatlar:

  • shakar va qandolat mahsulotlari – 37,8 foiz (jami respondentlarning ulushida)
  • go‘sht va sut mahsulotlari – 36,6 foiz;
  • qurilish mollari – 31,1 foiz;
  • meva-sabzavotlar – 22,7 foiz;

O‘tgan bir yil ichida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qanday o‘zgardi?

2023 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashib, yillik inflatsiya darajasi 10,4 foizga yetdi. Oziq-ovqat mahsulotlari sektoridagi inflatsiya esa 13 foizni tashkil qilgan.

Alohida turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari yillik nisbatda quyidagicha o‘zgargan:

Qimmatlashgan:

  • guruch – 57,5 foiz.
  • shakar – 40,6 foiz;
  • tuxum – 25,5 foiz;
  • sut – 18 foiz;
  • suyakli mol go‘shti – 14,2 foiz;
  • qo‘y go‘shti – 13,7 foiz;
  • bug‘doy uni – 12,2 foiz;

Arzonlashgan:

  • kungaboqar yog‘i – 8,7 foiz.

Mavzuga oid