2010 yilda aviahalokatda hayotdan köz yumgan Polşa sobiq prezidenti Lex Kaçinskiyning ukasi Yaroslav Kaçinski vazirlar mahkamasiga qaytişi mumkin. Bu haqda Polşa Seymi vitse-spikeri Rişard Terletskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Unga köra, qaror iyun oyi oxirida qabul qilinadi. Uning ta’kidlaşiça, Kaçinskiy hukmron konservativ «Qonun va adolat» (PiS) partiyasining asosçisi va raisi, şuning uçun ham hukumatga osongina qaytişi mumkin.
Terletskiy qöşimça qilişiça, Kaçinskiyning vazirlar mahkamasiga qaytişi mumkin bölgan sabablaridan biri parlament saylovlari oldidan partiya va mamlakat boş vaziri Mateuş Moravetskiy pozitsiyalarini mustahkamlaş zarurati bilan boğliq.
Polşa Seymi vitse-spikerining sözlariga köra, Kaçinskiy «boş vazir örinbosari bölişni va ayni paytda amaldagi boş vazir örinbosarlarini işdan böşatişni xohlayapti».
Yaroslav Kaçinskiy 2020-2022 yillarda Polşa hukumati rahbarining örinbosari sifatida işlab, kuç tuzilmalari blokiga mas’ul bölgan.












