Bryussel boş vazir Albin Kurtidan bir neça bor talab qilgan - Serbiya anklavlarida deeskalatsiyani ta’minlay olmagani uçun Yevropa Ittifoqi Kosovoni moliyalaştirişni töxtatdi. Bu haqda YeI taşqi işlar xizmati vakili Peter Stano ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqining yuqori martabali siyosatçilari Kosovoga taşriflarini töxtatmoqda. Çoralar zudlik bilan kuçga kiradi, ammo ular sanksiyalar emas, dedi Stano.
Avvalroq Kosovo boş vaziri Kurti YeIga Serbiya bilan munosabatlardagi keskinlikni yumşatiş rejasini taklif qilgani xabar berilgandi.
Kosovodagi vaziyat may oyining oxirida keskinlaşgan. Bunga Serbiya aholisi tomonidan boykot qilingan 23 aprel kuni bölib ötgan mahalliy saylovlar natijalariga köra Kosovo şimolidagi törtta munitsipalitet rahbarlari lavozimiga albanlarning tayinlangani sabab bölgan. Ularning şahar hokimiyatlariga kelişi noroziliklarni keltirib çiqardi. Töqnaşuvlardan söng NATO Kosovodagi iştirokini oşirib, KFOR missiyasiga 700 kişi qöşdi.












