Qozoğistondan 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-keçak olib çiqildi. Qozoğiston eskirgan kiyim-keçak eksportini oşirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews. 

Qayd qilinişiça, sönggi yillarda Qozoğistonda eskirgan kiyimlar savdosi hajmi 60 barobar oşgan. 2022 yilda 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-keçak, kiyilgan poyabzal va aksessuarlar eksport qilingan. Ular tonnalab sotilmoqda, 1 tonnasining narxi taxminan 2 ming dollarni taşkil etadi. 

Qozoq kiyimlarining asosiy iste’molçisi Tojikiston ekani aytilmoqda. Bu mamlakat barça eskirgan kiyimlarning 98 foizini import qilyapti, qolganini Özbekiston sotib olmoqda. 

Import böyiça bojxona statistikasiga köra, Qozoğistonga second-hand (ikkinçi qöl) iste’mol tovarlarining asosiy qismi Yevropa davlatlaridan: Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Finlandiya va Rossiyadan keltirilgan.