Yevropa Ittifoqi (YeI) dunyoda birinçi bölib sun’iy idrok (SI) rivojlanişini tartibga soliş va odamlarni undan himoya qiliş böyiça qonun qabul qiliş jarayonini işga tuşirdi. 

Bugun YeI uşbu qonunni qabul qiliş yölida birinçi qadamni qöydi – Yevropa parlamenti uni yoqlab ovoz berdi. Endi Yevropa komissiyasi, YeI Kengaşi va Yevroparlament hujjatning yakuniy versiyasi böyiça kelişib olişi kerak. Biroq u 2 yildan keyin kuçga kirişi allaqaçon ma’lum. 

YeI qonunçiligi SI tizimlarini aholi va iste’molçilarga tahdid darajasiga köra guruhlarga ajratadi va ularning har biri uçun çeklovçi çoralar va nazorat jarayonini işlab çiqadi. Qonunga köra, odamlarning ongiga ta’sir qiliş uçun yaratilgan tizimlar, onlayn rejimda işlaydigan biometrik tanib oliş tizimlari taqiqlanadi. 

13 iyun kuni bölib ötgan bahsda Yevroparlament deputatlari eng köp e’tiborni yuzni tanib oliş tizimlariga qaratdi. Loyihada bunday tizimlardan onlayn rejimda emas, faqat jinoyatçilar, terrorçilar va bedarak yöqolganlarni qidiriş uçungina, faqat sud qarori bilan foydalanişga ruxsat beriş taklif qilindi. 

Şuningdek, Yevrokomissiya raisi örinbosari Margrete Vestager sözlariga köra, sun’iy idrok rivojlanişi bilan boğliq eng jiddiy muammolardan yana biri bu diskriminatsiyadir. Uning ta’kidlaşiça, insoniyatning «Terminator» usulida yöq bölib ketişidan köra muhimroq muammo bu sun’iy idrokning tarafkaşlik yoki diskriminatsiyani kuçaytiriş potensialida. 

«(Yöq bölib ketiş xavfi) mavjud bölişi mumkin, ammo ehtimoli juda past. SI xavf-xatarlari köproq odamlarning kamsitilişiga boğliq böladi. Agar bank ipoteka krediti ajratiş uçun SI xizmatidan foydalansa, bunday hollarda, odamning jinsi, irqi yoki yaşaş joyi tufayli kamsitilişiga yöl qöyilmasligiga amin böliş kerak», dedi u. 

Yevropa Ittifoqi ikki yildan beri işlab çiqayotgan SI tizimlari töğrisidagi qonunda ular şunday guruhlarga bölingan: «qabul qilib bölmaydigan xavf», «yuqori xavf», «generator» tizimlar va «çeklangan xavf» guruhi. 

«Qabul qilib bölmaydigan xavf» guruhiga quyidagilar kiradi:

- odamlarning ongiga ta’sir qiliş tizimlari;

- odamlarni xulq-atvori, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga köra ajratuvçi ijtimoiy reyting tizimlari;

- onlayn yuzni aniqlaş tizimlari. 

Ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taqiqlanadi.