Gretsiya yaqinida çökib ketgan kema bortida 750 ga yaqin odam bölgan. Qutqaruvçilar 78 ta jasadni topişgan.
Gretsiya qirğoqlari yaqinida qutqaruvçilar önlab odamlarning hayotiga zomin bölgan halokatli kemadan omon qolganlarni qidirişni davom ettirmoqda. Gretsiya qirğoqni qöriqlaş xizmati vakilining 15 iyun, payşanba kuni ma’lum qilişiça, Peloponnes yarimoroli ğarbida olib borilgan qidiruv operatsiyasiga bir vertolyot, ikkita patrul kateri va yana oltita qayiq jalb qilingan.
Qutqaruvçilar qurbonlar soni ortişidan xavotirda, çunki çökib ketgan kema bortida, tirik qolganlarning sözlariga köra, 750 ga yaqin odam bölgan. Sohil xavfsizlik xizmati hozirgaça 78 jasadni topdi. Bir kun oldin 79 kişi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Ilgari qidiruv işlari kuçli şamol tufayli murakkablaşgandi. Gretsiya rasmiylariga köra, 14 iyun kuni ertalab haddan taşqari köp yuklangan baliq ovlaş kemasi halokatga uçragan – uning dvigateli buzilgan, şundan söng kema ağdarilib, 10-15 daqiqadan söng çökib ketgan. 104 kişi qutqarildi.
"Baliq ovlovçi trauler 25-30 metr uzunlikda edi. Uning palubasi va tryumi odamlar bilan töla bölgan", dedi Gretsiya qirğoqni qöriqlaş vakili. U qutqarilganlar asosan Suriya, Pokiston va Misrdan ekanini, kemada faqat erkaklar bölganini aytdi. Şu bilan birga, omon qolganlardan biri şifokorlarga trauler yukxonasida yuzlab bolalar bölganini bildirgan.
Gretsiya hukumati uç kunlik motam e’lon qildi. Ölganlar soni sönggi yillardagi eng yuqori darajaga yetdi. Gretsiyadagi eng jiddiy kema halokati 2016 yilning 3 iyunida sodir bölgan, öşanda 320 kişi halok bölgan yoki bedarak yöqolgan. Gretsiya, Italiya va Ispaniya bilan bir qatorda, Afrika va Yaqin Şarqdan Yevropaga intilayotgan ön minglab muhojirlar uçun asosiy yönalişlardan biri hisoblanadi.












