Kun.uz muxbiri xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev bugungi uçraşuvda Namangan viloyatida transport tizimini yaxşilaşga oid quyidagi rejalarga töxtaldi:
— aholi va sayyohlarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida, Uyçi tumani orqali Uçqörğon va Norinni markaz bilan boğlaydigan zamonaviy yöl quriladi;
— Pop tumanini Namangan şahri bilan boğlaydigan elektr poyezdi qatnovi yölga qöyiladi, Çust va Pop hududidan ötuvçi temiryöl tarmoği tortiladi (12 kilometr);
— eng muhimi, Pop-Namangan avtomobil yölining 75 kilometr qismi xalqaro standartlar asosida 4 tasmali sement-beton qoplamali yölga aylantiriladi (160 million dollar).
Nomzodning elektr ta’minotini yaxşilaş böyiça rejalarida esa 6,5 ming kilometr tarmoq, 2 mingta transformator va 12 ta podstansiya yangilanişi, barça ijtimoiy va davlat idoralari hamda 15 mingta xonadonga umumiy quvvati 82 megavatt bölgan quyoş panellari örnatiş ham bor.
Şuningdek, Uçqörğonning Qirğiziston bilan çegarasida yirik “Erkin savdo zona”si taşkil qilinadi. Namangan xalqaro aeroporti ham taşqi boşqaruvga berilib, bu yerda “kargo” yuk terminali iş boşlaydi.











