Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravişda hamda bepul topşiruvçi donor «Özbekiston Respublikasi faxriy donori» kökrak nişoni bilan taqdirlanadi va bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari (hozir 1 mln 650 ming söm) miqdorida biryöla beriladigan pul mukofoti oladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Mazkur kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlaniş tölovidan ozod qilinadi.

Qon topşiradigan kuni, şuningdek tibbiy körikdan ötadigan kuni donor örtaça iş haqi saqlangan holda işdan ozod qilinadi.

Örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari öquvçilari, oliy öquv yurtlari talabalari, ta’lim oluvçilarning boşqa toifalari qon topşiradigan kuni, şuningdek tibbiy körikdan ötadigan kuni maşğulotlardan, harbiy xizmatçilar esa naryadlarni bajarişdan, xizmatni ötaşning vaxta va boşqa şakllaridan ozod qilinadi.

Donorga har safar qon topşirgan kunning bevosita ertasiga dam oliş uçun örtaça iş haqi saqlangan holda qöşimça 1 kun beriladi. Donor xohişiga köra mazkur dam oliş kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qöşib berilişi mumkin.

Donorlik uçun pul mukofotlari, şuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uçun olinadigan summalar soliq tölovçining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.

Donor xodimlarga körikdan ötiş, qon topşiriş va qon topşirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam oliş kunlari uçun tölov, işlanmagan vaqt uçun haq tölaş jumlasiga kiradi.

Donorlarning soğliği saqlanişi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda soğliğiga yetkazilgan zararning örni qoplanadi.