Toşkentda Qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning KOTRA agentligi vakillari örtasida uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda Özbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini örnatiş istagida bölgan koreyalik yetakçi korxonalarning uçuvçisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.
Janubiy Koreyaning Geospatial Information, HUINS, PRENEU, Samsung drone, Meissa va SEESAW D&U kompaniyalari işlab çiqargan va aynan qişloq xöjaligida qöllaş mumkin bölgan dronlar – uçuvçisiz parvoz apparatlari bilan özbekistonlik mutaxassislar taniştirildi.
Tadbirda koreyalik mutaxassislar işlab çiqqan yuqori unumdor va köp funksiyali dronlar, sun’iy intellekt texnologiyalari, ekin ekiş işlarining kompleks monitoringi, öğitlaş va ösimliklar kasallanişiga qarşi kuraşni yuqori aniqlikda ötkaziş imkonini beruvçi innovatsion yeçimlardan Özbekiston qişloq xöjaligida foydalaniş imkoniyatlari muhokama etildi.












