Samarqand viloyati, Bulunğur tumanida daraxtlarni kesiş bilan boğliq huquqbuzarlik aniqlandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tomonidan olib borilgan örganiş natijasida Bulunğur tumani hududidan ötuvçi «Toşkent – Samarqand» yöli yoqasida yaşil belboğ (ixota) şaklida ekilgan qariyb 50-55 yillik 9 tup qayrağoç daraxti kesib taşlangani aniqlangan. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744 mln 642 ming söm zarar yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi

Aşyoviy dalillar va tegişli hujjatlar töplanib, huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga taqdim etilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi

Ma’lumot örnida, Özbekistonda davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilişiga qarşi moratoriy joriy etilgani sababli daraxtlarni ruxsatsiz kesiş qat’iyan man etiladi.