Julius Baer banki tomonidan tuzilgan boylar hayoti uçun dunyodagi eng qimmat şaharlar röyxatida (.pdf) ilk bor Singapur birinçi örinni egalladi. Şahar-davlat mos ravişda ikkinçi va uçinçi örinlarni egallagan Şanxay va Honkongni ortda qoldirdi.
Reytingni tuzişda dunyoning 25 şahrida daromadi 1 million dollar va undan köp bölgan odamlar uçun yaşaş narxi örganib çiqildi. Şaharlar 12 ta tovar va sakkizta xizmatdan iborat savatçaning narxlari yiğindisi böyiça tartiblangan. Bunga, jumladan, haşamatli köçmas mulk, Porsche Taycan elektromobili, uçta Michelin yulduzli restoranda keçki ovqat, 2018 yilgi hosildan tayyorlangan Château Lafite Rothschild şarobi, şuningdek, ayollar sumkasi va poyabzali, erkaklar kostyumi, qimmatbaho soatlar, yuridik xizmat tölovlari, farzandlarni MBA darajasiga öqitiş, köriş qobiliyatini lazer bilan töğrilaş va boşqalar kiradi.
Singapur pandemiyadan keyin badavlat odamlarni öziga tortdi (şahar-davlatdagi oilaviy ofislar soni bir yilda ikki baravar köpaydi va 1500 taga yetdi), bu esa narxlarda öz aksini topdi.
«Yuqori turmuş darajasi va mahalliy infratuzilmaga talab ortib borayotgani bu yerda hayot arzon emasligini anglatadi. Turar-joy köçmas mulkiga talab juda yuqori va soliqqa tortiladigan avtomobillar va asosiy tibbiy suğurta jahondagi örtaça körsatkiçdan mos ravişda 133 va 109 foizga qimmatroq», deyiladi tadqiqotda.
Yuqori öntalikdan Monako, Dubay (BAA), Taybey (Tayvan), San-Paulu (Braziliya) va Mayami (AQŞ) ham joy oldi. Dubay yettinçi örinni egallagan holda dunyodagi eng qimmat şaharlar öntaligiga ilk marotaba kirdi.
Tadqiqotga köra, turli «buhronlar», şu jumladan Ukrainadagi mojaroga qaramay, dunyoda sayohat va köngiloçar tadbirlarga talab ortib bormoqda.
«Köpçilik hali ham pandemiyadan keyingi bazm kayfiyatida», dedi bu haqda Mark Metyus, Julius Baer tadqiqotçisi.












