FHDYo arxivlari elektronlaştirilgani natijasida tizimdagi 60 milliondan ortiq qoğoz körinişidagi hujjatlar raqamlaştirilgan bölib, bu ayrim statistik ma’lumotlarni aniqlaş imkonini bermoqda. Xususan, Adliya vazirligi Kun.uz söroviga javoban 2015 yildan keyingi davrda Özbekistondagi eng maşhur ism-familiyalar röyxatini taqdim etdi.

Aniqlanişiça, mamlakatimizdagi eng maşhur önta familiya quyidagilar:

  1. Baxtiyorov – 35602 nafar fuqaro şunday familiyaga ega;
  2. Baxtiyorova – 33342;
  3. Rustamov – 28713;
  4. Rustamova – 26731;
  5. Abdullayev – 20968;
  6. Abdullayeva  – 19821;
  7. Erkinov – 17433;
  8. Bahodirov – 16238;
  9. Şavkatov – 16126;
  10. Erkinova – 16074;

Bu – 2015 yildan hozirgaça bölgan statistik ma’lumotlarga köra tayyorlangan reyting. Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Örinboyevaga köra, 1991 yildan 2015 yilgaça bölgan va undan avvalgi hujjatlar hali töliq raqamlaştirilmagani sababli respublikamizdagi eng maşhur familiyalar va uşbu familiyali şaxslarning soniga doir statistik ma’lumotlarni aniqlaş hozirça imkonsiz.

2013 yildan buyon Özbekistonda tuğilgan 119995 nafar öğil bolaga Muhammadali ismi berilgan. Jumladan, birgina 2023 yilning 28 may holatiga 9806 nafar bola şunday ism olgan va bu respublika miqyosida eng köp qöyilgan ismdir. Umuman olganda, Muhammadali ismi 2014 yildan buyon öğil çaqaloqlarga eng köp qöyilayotgan ismlar röyxatini boşqarib kelmoqda. Faqatgina 2018 yili u ikkinçi öringa tuşib qolgan, öşa yili Mustafo Özbekistonda eng köp qöyilgan ism deya qayd etilgan.

Xuddi şu davrda tuğilgan 114540 nafar qizaloq Soliha ismini olgan. Bu ism 2018 yildan buyon Özbekistonda eng köp qöyilayotgan ism bölib turibdi. Şuningdek, 2021 yilda 6015, 2020 yilda 4071 nafar qiz çaqaloqqa Solihabonu deya ism qöyilgan. Garçi bular bitta ismning turli şakli bölsa-da, ismlarga qöşiladigan qöşimçalar (-xon, -oy, -bonu va hokazo) ularni unikal ismga aylantiradi va elektron bazada alohida qayd etiladi. Şunga köra arxiv ma’lumotlari yaxşilab tahlil qilinsa, aslida Soliha ismli qizlar hozirgidan ança köp bölib çiqişi mumkin.