Majlisda parlament sörovida kötarilgan qator masalalar böyiça ma’lumotlar tölaqonli aks ettirilmagani, şuningdek, muammolar haligaça saqlanib qolayotgani ta’kidlandi.

Muzeylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tarqoq holda bölib, ularning soni 100 dan ortiqni taşkil etayotgani, “Muzeylar töğrisida”gi qonunning aksariyat normalari eskirgani, sohada vakolatli organni aniq belgilaş lozimligi qayd etildi.

Muzey binolaridan taşqarida muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarining mahalliy va xorijiy körgazmalarini taşkil etiş va ötkaziş qoidalari belgilanmagan.

Muzey binolarini quriş, ta’mirlaş, muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarini saqlaş va xavfsizligini ta’minlaş nuqtayi nazardan jihozlaş me’yorlari qabul qilinmagan.

Özbekiston tarixi davlat muzeyi, Özbekiston davlat san’at muzeyi,  I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston davlat san’at muzeyida 2022 yilda taşkil etilişi belgilangan restavratsiya laboratoriyalari faoliyati yölga qöyilmagan.

Bugungi kunda muzey aşyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilişga qaratilgan markazlaşgan laboratoriya taşkil etilişiga ehtiyoj mavjud. Muzeylar binolari ta’mir talab holatda, ayrimlarida isitiş va sovitiş tizimi işlamaydi, moddiy texnik bazasi ma’nan eskirgan. Muzeylar ekspozitsiyasining texnik jihozlari muzey talablari va standartlariga mos kelmaydi.

Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 1968 yildan buyon ta’mirlanmagan, Özbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Özbekiston amaliy san’at va hunarmandçilik tarixi davlat muzeyining kommunikatsiya tizimi 1970 yildan beri rekonstruksiya qilinmagan. Tamara xonim uy-muzeyi ham kapital ta’mirga muhtoj.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi qaroriga asosan Özbekiston davlat san’at muzeyi, Özbekiston tarixi davlat muzeyi hamda  Özbekiston amaliy san’at va hunarmandçilik tarixi davlat muzeyida quriliş va ta’mirlaş işlari olib borilmagan.

Alişer Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga 2021 yildan buyon Toşkent şahrining Adiblar xiyoboni – “Ma’naviyat” şaharçasida  yangi bino qurilişi ta’kidlab kelinmoqda. Ammo haligaça mazkur masala öz yeçimini topmagan. Muzeyni ta’mirlaşni nazarda tutuvçi prezident hamda hukumat qarorlari ijrosi ta’minlanmagan. Muzey binosida şaroit yöqligi sababli unda saqlanayotgan 69 575 ta noyob aşyo xavf ostida qolmoqda.