OceanGate kompaniyasi 19 iyun kuni Atlantika okeanida “Titanik” çökib ketgan joyga tuşiş çoğida ğoyib bölgan “Titan” suvosti kemasining beş nafar yölovçisini halok bölgan deb hisoblamoqda. OceanGate'ning tegişli bayonoti 22 iyun, payşanba kuni CNN media-kompaniyasi tomonidan tarqatildi. "Bizning yuragimiz mana şu fojiali vaqtda beş ruh va ularning har bir oila a’zosi bilan. Biz hayotdan köz yumganlar va biz bilgan har bir insonga ular olib kelgan quvonçni xotirada saqlab qolamiz", - deyiladi bayonotda.
Avvalroq CNN telekanali "Titan"ning taşqi korpusi bölgan qoldiqlar batiskaf yöqolgan joy yaqinida topilganini xabar qilgan edi.
"Titan"da bölgan beş kişi halok bölganini AQŞ qirğoqni qöriqlaş xizmati tasdiqlab, ularning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Uning versiyasiga köra, batiskafda portlaş sodir bölgan - içkariga yönaltirilgan portlaş. Bu nima sababdan va qaçon sodir bölgani hozirça noma’lum.
"Titan" bortida britaniyalik tadbirkor Hamiş Xarding, pokistonlik tadbirkor Şahzoda Dovud va uning 19 yoşli öğli, OceanGate boş direktori va asosçisi Stokton Raş hamda fransuz tadqiqotçisi Pol-Anri Narjolet bölgan.
The New York Times gazetasi Stokton Raşning rafiqasi Vendi Raş 1912 yilda "Titanik" bortida halok bölgan Isidor Ştraus va uning rafiqasi Idaning nevarasi ekanini ma’lum qildi. Ularning hayoti Jyeyms Kemeronning "Titanik" filmida maşhur sahna olinişiga turtki bergan: halokat paytidagi keksa er-xotin Ştrauslar birinçi klass yölovçilari edi. Ular qutqaruv qayiğiga çiqişdan boş tortgan, çunki bortda hali ayollar va bolalar bölgan.


















