Misrning Hurgada şahri sohillarida sayyohlik batiskafi çökib ketdi. Bild’ning yozişiça, hodisa oqibatida kamida olti kişi halok bölgan.
Rossiya boş konsulligi ma’lumotlariga köra, halok bölganlarning tört nafari RF fuqarolaridir. Şuningdek, yana bir neça kişining taqdiriga aniqlik kiritilmoqda.
Rossiyalik diplomatlar ma’lumotlariga köra, «Sinbad» mehmonxonasiga tegişli batiskaf 27 mart tongida marjon riflarini tomoşa qiliş böyiça suvosti ekskursiyasiga yöl olgan. Ekipaj a’zolaridan taşqari, uning bortida «Biblio Globus» kompaniyasining 45 nafar rossiyalik turisti, jumladan, bolalar ham bölgan.
Batiskaf qirğoqdan bir kilometr uzoqlikda halokatga uçragan bölib, bu nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.
Bild’ning yozişiça, suv ostiga şönğişga möljallangan batiskafdan bir neça yildan beri foydalanib kelinadi va u 22 metr çuqurlikkaça tuşa oladi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, batiskaf bortida bölganlarning aksariyati qutqarilgan hamda Hurgadadagi mehmonxonalariga, ayrimlari şifoxonaga yetkazilgan. Diplomatlarning aytişiça, ularning salomatligiga heç narsa xavf solmayapti.
Misrning Sada El Balad va Al-Masry Al-Youm naşrlarining yozişiça, avariya oqibatida olti kişi halok bölgan, yana 15-16 kişi jarohat olgan. Rossiyalik diplomatlar mazkur ma’lumotga izoh bermagan.

















