Toşkent şahar IIBB poytaxtdagi 116 ta masjidda Qurbon hayiti namozi öqilişi sabab qator köçalar yopilişini e’lon qildi.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli ötkaziş, fuqarolarga zarur şart-şaroit yaratiş va ularning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida 28 iyun soat 00:00 dan 7:30 gaça quyidagi köçalar va yöllarda avtotransport vositalari harakati vaqtinça töxtatiladi:
Mirzo Uluğbek tumani:
- “Töra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yöli köçasi – Şörtepa köçasidan, Buyuk Ipak yöli – Sultoniya köçasigaça.
Bektemir tumani:
- “Xöton” masjidi oldidagi Bektemir şohköçasi – Husayn Boyqaro köçasidan Bektemir yöli köçasigaça.
Olmazor tumani:
- “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY köçasi – KXAY – Sağbon köçalari çorrahasidan, Nurafşon – Sağbon köçalari çorrahasigaça.
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy köçasi – Qorasaroy – Nurafşon köçalari çorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy köçalari çorrahasigaça.
Şayxontohur tumani:
- “Şayx Zayniddin” masjidi oldidagi Kökça Darvoza – Nurafşon köçalari çorrahasidan Kökça Darvoza – Beşqayrağoç köçalari çorrahasigaça.
- “Xöja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon köçalari çorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor köçalari çorrahasigaça.
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor köçasi – Nurafşon – Sebzor köçalari çorrahasidan Nurafşon – Labzak köçalari çorrahasigaça.
Çilonzor tumani:
- “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy köçasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa köçalari çorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani çorrahasigaça.
- “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Çilonzor köçasi – Çilonzor – Çöponota köçalari çorrahasidan Çilonzor – Nurxon köçalari çorrahasigaça.
- “Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Sögalli ota köçasi – Al-Xorazmiy – Sögalli ota köçalari kesişmasidan Xonabod 2-berk köçasidan – Sögalli ota köçasigaça.
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqumiy köçalari kesişgan köprik ostidan Oliy Majlis binosi qarşisigaça bölgan yölda harakat çeklanadi.












