Toşkent şahar hokimligi hokimligi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9 iyul kuni soat 00:00 dan soat 07:00 ga qadar ayrim köçalarda transport vositalari harakati töxtatilişini ma’lum qildi. Xabarga köra, quyidagi köçalar 7 soat davomida yopiq böladi:

Olmazor tumani:

  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy köçasining Abdulla Qodiriy köçasidan Nurafşon köçasigaça bölgan qismi.
  • Çilonzor tumani:
  •  «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yölining Muqimiy köçasidan Baynalmilal köçasigaça bölgan qismi;
  • «Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi Sögalliota köçasining Bunyodkor köçasidan A.Töqay köçasigaça bölgan qismi;

Şayxontohur tumani:

  • «Xöja Alambardor» masjidi oldidagi Kamolon köçasining Bunyodkor köçasidan Kattaboğ 6-tor köçasigaça bölgan qismi;
  • «Şayx Zayniddin» masjidi odidagi Kökça darvoza köçasining Nurafşon köçasidan Beşqayroğoç köçasigaça bölgan qismi.

Yunusobod tumani:

  • «Minor» masjidi oldidagi KXAY köçasining Ş.Raşidov köçasidan Körgazma köçasigaça bölgan qismi;
  • «Mirza Yusuf» masjidi oldidagi Boğişamol köçasining A.Temur şohköçasidan Bodomzor yöli köçasigaça bölgan qismi.
  • Yakkasaroy tumani:
  • «Usmon bin Maz’un» masjidi oldidagi KXAY köçasining Quşbegi köçasidan Çöpon ota köçasigaça bölgan qismi.

Yaşnobod tumani:

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farğona yöli köçasining Tolimarjon köçasidan A.Fitrat köçasigaça bölgan qismi.

Şahar hokimligi matbuot xizmati şaroit taqazo etganda poytaxtdagi boşqa jome masjidlari atrofidagi köçalar ham qisman yopilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan taqvimga köra, Toşkent şahrida Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:20da öqiladi