Aynan uşbu turdagi samolyot yöq qilingani haqidagi ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Bu haqda rossiyalik jurnalistlar va uruş tarafdori bölgan blogerlar xabar bergan. Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi ma’lumotlariga köra, 23 iyun kuni Luhansk yaqinida yana bir Mi-8MTPR vertolyoti urib tuşirilgan bölişi mumkin, biroq oçiq manbalarda bu voqea haqida tafsilotlar yöq. Ekipaj a’zolarining qançasi halok bölgani ham noma’lum.

24 iyun kuni telegram-kanallarda samolyot qulaşi vaqtida olingan video va halokat joyidan olingan kadrlar paydo böldi.

Agar yerdagi qoldiqlar haqiqatan ham 24 iyun kuni urib tuşirilgan samolyotga tegişli bölsa, unda kadrlardan birida havodayoq samolyotdan ajralgan quyruq qismining nisbatan buzilmagan bölagi körinadi. Undagi raqam — 75917 — seriya raqami 2964010105 bölgan Il-22M samolyotiga tegişli. Uni turli onlayn xizmatlarda Il-18M-11 yoki Il-22M-11 deb ham ataşadi.

Turli aviatsiya saytlaridagi fotosuratlarga köra, uşbu samolyot ilgari Ivanovo şahri yaqinidagi Ivanovo-Şimoliy harbiy aerodromida, şuningdek, Tverdagi Migalovo aerodromida qayd etilgan. Samolyot aynan qaysi aviatsiya bölinmasiga tegişli ekani noma’lum.

Ivanovo aerodromida 2457-uzoq masofali radiolokatsiya aniqlovçi samolyotlardan jangovar foydalaniş bazasi joylaşgan. Il-22M aynan şu qismga tegişli bölişi mumkin, çunki bu yerda bunday samolyotning elektron apparatlariga xizmat körsatiş osonroq böladi. Migalovo aerodromida esa harbiy-transport aviatsiyasi joylaşgan.

Havo qömondonlik punkti

Il-22M isyon natijasida yöqotilgan texnikalarning eng qimmati edi. Uşbu samolyotning nomini ifodalaşda ba’zan HHBM qisqartmasidan foydalaniladi — «himoyalangan havo boşqariş markazi».

Uşbu nomdagi «himoyalangan» sözi jismoniy himoyaga emas, balki radioelektron kuraş vositalari ta’siriga çidamli aloqa kanallariga işora qiladi.

Samolyot jangovar harakatlar paytida qöşinlarni boşqariş mumkin bölgan havo qömondonlik punktini özi bilan olib yuradi. Bu punkt havoda bölgani uçun uni operativ-taktik raketalar bilan yöq qilib bölmaydi.

Samolyotning ikkinçi afzalligi şundaki, yuqoridan yerdagi jangovar qismlar bilan aloqani ta’minlaş osonroq. Ayniqsa, aloqani murakkablaştiruvçi past balandlikda uçadigan front aviatsiyasi bilan bu asqatadi.

Rossiya hukumati ta’siridagi bir neçta telegram-kanallar ta’kidlaşiça, urib tuşirilgan samolyot keng kölamli uruş boşlanganidan beri radio signallarni retranslatsiya (zararlangan va yöqolib qolgan signallarni avtomatik qayta uzatiş) qiliş vazifasini bajargan, ya’ni yerdagi qömondonlik punktini qöşinlar bilan boğlovçi baland antenna sifatida işlagan.

Il-22 eski Il-18 avialayner asosida yaratilgan. Foto: TASS

Biroq, bu ma’lumotni tasdiqlovçi heç qanday rasmiy manba yöq. Şuning uçun samolyot bortida frontdagi janglarga rahbarlik qiluvçi ofitserlar bölgan bölişi mumkinligini inkor etib bölmaydi.

Il-22 samolyoti 1970-yillarda yaratilgan. Havo qömondonlik punkti ğoyasini amalga oşiriş uçun bir neça samolyotlar körib çiqilgan, ular orasida, jumladan An-10, An-12 va Il-18 bölgan. Ularning barçasi havoda uzoq vaqt uça olardi, ammo oxir-oqibat Ilyuşin konstruktorlik byurosining muvaffaqiyatli fuqarolik layneri tanlangan.

Il-18 juda işonçli samolyot edi va eng muhimi, 1958 yildan 1978 yilgaça bunday samolyotlar köp miqdorda işlab çiqarilgandi. 1970-yillarda bu tip asta-sekin fuqarolik parvozlaridan olib taşlana boşlanadi va uning asosida harbiy samolyot yaratiş mantiqan töğri edi.

Natijada, Il-18 bazasida birdaniga bir neça harbiy samolyot işlab çiqiladi, ular orasida Il-22M’dan taşqari Il-38 suv osti kemalariga qarşi samolyoti, Il-20 razvedka samolyoti (ulardan biri 2018 yilda Suriya havo mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirilgan) va Il-22PP radioelektron kuraş samolyotlari bor edi. Il-22PP yangi modifikatsiyalardan biri bölib, 2010-yillarning ikkinçi yarmidan paydo bölgan.

Il-18’ni qayta jihozlaş jarayonida yölovçilar saloni laynerlardan butunlay olib taşlanadi va maxsus qurilmalar örnatiladi. Il-22M’da esa, samolyotga qömondonlik tarkibi uçun iş joylari ham örnatilgan.

1970-yillardan beri jami öttizga yaqin Il-22 işlab çiqarilgan yoki jihozlangan. Ular doimiy ravişda takomillaştiriladi va hozirda Il-22 SURT (boşqaruv va retranslatsiya samolyoti) versiyasi yaratilgan oxirgi dastur ustida iş olib borilmoqda.

Military Balance 2022 ma’lumotnomasiga köra, keng kölamli uruş boşida Rossiyada 12 ta Il-22M va 10 ta Il-22 (eski modifikatsiya) samolyoti bölgan.

Kamida bitta samolyot jangovar harakatlar paytida şikastlangan. Rossiyaning «Moskovskiy komsomolets» gazetasi 2022 yil oktyabr oyida Il-22 samolyoti Ukraina havo hujumidan himoya tizimi tomonidan öqqa tutilgani va şikastlangani haqida yozgandi. Samolyot bazaga qaytişga muvaffaq bölgan, ammo uning keyingi taqdiri haqida heç narsa ma’lum emas.

Radioelektron kuraş vertolyotlari

Urib tuşirilgan ikkita radio elektron razvedka vertolyotlari ham Rossiya aviatsiyasi uçun juda katta yöqotişdir.

Mi-8MTPR-1 vertolyotlari Rossiya harbiy-sanoat kompleksining yangi işlanmalaridan biri. Bu qurilmalar «Ryçag-AV» radio elektron kuraş tizimi bilan jihozlangan bölib, u yer va havo radarlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va aviatsiya qurollariga qarşi kuraşiş uçun möljallangan. Bundan taşqari, bunday vertolyotlar radio elektron razvedka işlarini ham olib boradi.

«Ryçag-AV» — bu maxfiy işlanma va u haqida faqatgina umumiy ma’lumotlar mavjud, şuning uçun uning samaradorligini baholaş juda qiyin.

Rossiya an’anaviy ravişda radio elektron uruşga katta e’tibor qaratadi va bu vertolyotlar qöşinlarga sönggi yillarda faol kirib kelgandi. Military Balance 2022 hisobotida aytilişiça, 2022 yilda ularning soni öttizdan ortiq bölgan, ammo uruş paytida ham bir neça vertolyot işlab çiqarilgan bölişi mumkin.

Vagnerçilar tomonidan urib tuşirilgan ikkita Mi-8MTPR-1 bunday texnikaning ma’lum bölgan birinçi urib tuşirilişi emas. 2023 yil may oyida Bryansk oblastida ikkita şunday vertolyot urib tuşirilgandi. Uşbu vertolyotlar va ikkita Su-30 va Su-34 samolyotlarining halokati sababi hali aniqlanmadi. Bir versiyaga köra, ular Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan, boşqa taxminga köra esa, ruslarning özi ularni xato oqibatida nişonga olgan.

«Ahmoq PVOçi»

Hujumkor Ka-52 va Mi-35, şuningdek, harbiy transport vertolyoti bölgan Mi-8 ham ança qimmat qurilmalar, ammo uruş paytida bunday transport vositalari tez-tez front çiziği yaqinida paydo böladi va yöqotişlarga duç keladi.

Ular «Vagner» jangarilariga zarba bergan bölişi mumkin. Heç bölmaganda, Yevgeniy Prigojin şunday da’vo qilgan.

Rostov-Donni amalda öz nazorati ostiga olgan, Voronejni aylanib ötib, Moskva tomon harakat qilgan «Vagner» guruhlarida «Pansir-S1» zenit-raketa tizimlari mavjud edi — kolonnalarda kamida ikkita şunday qurilmani körişgan.

Bundan taşqari, Voronej yaqinida olingani aytilayotgan videoda past balandlikda uçayotgan Ka-52 vertolyoti katta ehtimol bilan qöl zenit-raketa tizimidan öqqa tutilganini köriş mumkin.

Agar zarbdor vertolyotlar «vagnerçilar»ga hujum qilgan bölsa, ularning javob harakatini, kamida tuşuniş mumkin. Hatto Mi-8 va vizual jihatdan undan umuman farqlanmaydigan Mi-8MTPR-1 ham uzoqdan tahdiddek körinişi tabiiy edi.

Ammo heç qanday hujumkor samolyotga öxşamaydigan, katta Il-22 samolyotini urib tuşirişdan heç qanday aniq ma’no yöq edi.

«Birinçi kanal» muxbiri Irina Kuksenkova öz telegram-kanalida Prigojinning sözlariga tayanib, voqeaga «Vagner»ning zenit otuvçisi aybdor ekanini yozdi: «Janubiy harbiy okrug ştab-kvartirasida Prigojindan bu samolyotga nima uçun zarba berilgani, u zarbdor emasligi, balki boşqa funksiyalarni bajarişi haqida söralganida, u kolonnadagi ahmoq havo hujumidan himoya askari parvoz qilgan hamma narsani urib tuşirganini aydi».