Germaniyaning Litvada Germaniya Qurolli kuçlarining (Bundesver) 4000 ga yaqin askarini doimiy ravişda joylaştirişga tayyorligi Rossiya-NATO aktini buzmaydi, deya ma’lum qildi rasmiy Berlin 28 iyun, çorşanba kuni. 1997 yil may oyida imzolangan hujjat Şimoliy Atlantika alyansining «şarqiy qanotini mustahkamlaşda çeklovçi omil böla olmaydi», dedi Germaniya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili. 

Şartnomada taxmin qilinadigan xavfsizlik şartlari körsatilgan, deydi Berlin. Sönggi yillarda Rossiya ularni bir neça bor buzdi, deya qöşimça qildi Germaniya TIV. 

Germaniya hukumati matbuot kotibi Şteffen Xebeştraytning aytişiça, Ukrainaga harbiy aralaşuv aktga «oçiq-oydin qarama-qarşidir». Şuning uçun Berlin «hozirça özini uşbu hujjat bilan boğlangan deb hisoblay olmaydi», deya qöşimça qildi u. Ayni paytda Germaniya kansleri Olaf Şols NATO şartnomani bekor qilmasligi kerakligiga işonçi komil. Moskva bilan yangi kelişuv böyiça muzokaralar «hozirda heç qanday istiqbolga ega emas», dedi Xebeştrayt. 

Bundesver askarlari va zobitlarining Litvada kutilayotgan joylaştirilişi «özini xavf ostida his qilayotgan NATO hamkorlariga signal beradi: ular yolğiz qolmaydi», dedi Germaniya hukumati vakili. «Agar NATO hududiga hujum bölsa, biz hujumni qaytarişda har qanday yöl bilan yordam berişga majbur bölamiz», — deya qöşimça qildi u.