Qirğiziston polietilen paketlarni işlab çiqariş, sotiş va işlatişdan butunlay voz keçadi, deb xabar berdi MIR 24. Tegişli qonun Qirğiziston parlamenti tomonidan uçinçi öqişda qabul qilindi va davlat rahbariga imzolaş uçun yuborildi.
Unga köra, 2024 yildan boşlab respublikada paket işlab çiqariş töxtatiladi. Ularni tarqatiş töliq taqiqlanganidan söng, mijozlarga plastik paketlar örniga qoğoz yoki matodan tayyorlangan eko-paketlar taklif etiladi. Qirğizistonning Issiqköl viloyatidagi dökonlar allaqaçon polietilen paketlardan butunlay voz keçgan.
Polietilen paketlardan voz keçilişiga asosiy sabab atrof-muhitning ifloslanişi masalasi bölib, ularning töliq parçalanişi uçun qalinligi va ziçligidan kelib çiqib 5-15 yil kerak böladi. Suvda ular 500 yil davomida parçalanişi mumkin.
Avvalroq, Gruziya va Moldova birinçilardan bölib polietilen paketlarni işlab çiqariş va sotişdan voz keçgan edi. Qozoğiston ularga qöşilişga tayyor, Tojikistonda tegişli qonun işlab çiqilmoqda.

















