Bu törtovlon prezident Putin bilan birga tuşgan maşhur fotosuratda muhrlangan. Troşev va Bogatov — öşandayoq Rossiya qahramonlari edi. Kuznetsov va Utkin keyinçalik bu unvonga ega bölişadi. Bu törtovlonni qörqmasdan «Vagner» XHK asosçilari deb ataş mumkin. Öşanda bu «xususiyçilar»ning Suriyadagi uruş kampaniyasida iştiroki nafaqat tan olinmasdi, hattoki maxfiylaştirilgan ham edi. Ular haqida Suriyadagi töqnaşuvlar töğrisida raportlarda ham söz bormasdi. Vagnerçilar bölinmalari unda «Suriya armiyasi bölinmalari» deb yozilardi.

«Vagner» XHKning Suriya kampaniyasida iştiroki haqida «Novaya gazeta» juda köp yozgan. Naşr xususiy harbiylaşgan kompaniyaning vujudga keliş tarixiga nazar soldi.
2013 yilda Lataqiyaga Rossiya harbiy kosmik kuçlari samolyotlari va vertolyotlari taşlangaç, tez orada Rossiya armiyasi quruqlikdagi operatsiyalarda iştirok etmasligi ma’lum böldi.
Rasman Rossiya harbiylari jangovar harakatlarda çindan ham iştirok etişmagan. Biroq Suriyadan «200-raqamli yuk» muntazam kelib turgan. Ular asosan «Vagner» XHK jangarilari jasadlari edi.
Aynan ular IŞID va ularning ittifoqçilarini Palmira, Halab, Dayr-az-Zur va Suriyaning boşqa şahar-qişloqlaridan siqib çiqarişda iştirok etgan guruhlar asosini taşkil etgan.
Rossiya harbiy kosmik kuçlarining ilk jangovar parvozlari 2015 yilning 30 sentabrida sodir bölgan. Oktyabr oyi boşlarida Suriyaga «Vagner» jangarilari taşlana boşlagan. Ular darhol jangovar vazifalarni bajarişga kirişgan. Bungaça ular Donbassdagi harbiy töqnaşuvlarda iştirok etib, boy tajriba töplaşgan. Masalan, Donetsk aeroporti uçun janglarda 2014 yil oxirlarida – u yerda «Vagner» XHKning ikkita rotasi kelgaç – keskin buriliş sodir bölgan. 2015 yil 22 yanvarida özini özi mustaqil deb e’lon qilib olgan «DXR»ning öşa vaqtdagi rahbariyati aeroport töliq nazorat ostida ekanini e’lon qilgan.
Aeroport uçun janglar tugagani hamono, «vagnerçilar»ni Debalseve rayoniga taşlaşgan. 2015 yil 18 fevralida «DXR» mudofaa vazirligi Debalseve töliq nazorat ostiga ötgani haqida hisobot bergan.
Dastlab nomi ham bölmagan harbiy kompaniyaning taşkil etilişidan avval mana şunday voqealar yuz bergan edi:
- 2013 yil fevraligaça Dmitriy Utkin Boş razvedka boşqarmasi maxsus vazifali bölinmasining 2-alohida brigadasi 700-alohida vazifalar bajaruvçi otryadiga qömondonlik qilgan. Armiyadan iste’foga çiqqaç, iste’fodagi podpolkovnik jahon okeanining qaroqçilar xavfi bölgan hududlarida dengiz kemalarini qöriqlaş bilan şuğullantiruvçi kadrlar töplovçi Moran Security Group’ga işga kirdi. Bungaça Utkin ikki marta Rossiya savdo kemalarini kuzatib boriş uçun Afrikaning suvli hududlariga xizmat safariga borib keladi. Keyinroq unga quruqlikda ham öz malakasi böyiça iş topildi.
- 2013 yil yozida Moran Security Group Suriya neft va mineral resurslar vazirligidan neft qazib oliş, qayta işlaş va transportirovka qiliş obektlarini qöriqlaş uçun mutaxassislarni töplaş, öqitiş va jönatiş böyiça taklif oladi. Xavflarni baholab çiqib, kompaniya rasmiy Damaşq bilan aloqa qilmaslikni lozim deb topadi. Lekin şartnomadan butkul voz keçmaydi. Kompaniya menejyerlari Hongkongda Slavonic Corps Limited («Slavyan korpusi») kompaniyasini röyxatdan ötkazadi. Hongkong kompaniyasini Vadim Gusev (Moran Security Group direktori örinbosari) va Yevgeniy Sidorov (Moran Security Group kadrlar böyiça mutaxassisi) boşqaradi.
- Slavonic Corps Limited (u Moskva şahar, Potapov tor köçasi, 5-uy manzilida joylaşgan Moran Security Group ofisining ikkinçi qavatida bir neça xonaga ega edi) Suriyada işlaş uçun 267 köngillini yollaydi. Yangi töplanganlarni ikkita rotaga bölişadi: «Kazaklar rotasi» va «Slavyan rotasi». «Slavyan rotasi»ga Dmitriy Utkin boşliq böladi.
- 2013 yil sentabr oyi oxirlarida har ikki rota Livan poytaxti Bayrut orqali Suriyaga kirib boradi. Biroq, Lataqiyaga kirib kelişgaç, rossiyaliklar «neft qazib oliş, qayta işlaş va transportirovka qiliş obektlarini qöriqlaş» uçun hali bu obektlarni jangarilardan tortib oliş ham kerakligini anglaşadi.
- «Slavyan korpusi» qölbola zirhlar bilan jihozlangan Hyundai avtobuslari va JMC jiplariga minib, Dayr-az-Zur hududidagi neft konlari tomon yönaladi. Hums viloyatidagi As-Sahna şahri yaqinida kolonna pistirmaga duç keladi. Jangçilar diqqatni jamlab, aylana mudofaaga ötişadi, xandaqlar qazib, ularni örab olişga harakat qilayotgan bir neça ming jangarilar hujumini qaytarib turişga ham muvaffaq bölişadi.

— Öşanda ölib ketişimiz mumkin edi, — deb hikoya qiladi «Novaya gazeta»ga jang qatnaşçilaridan biri. — Biz bor öq-dorilarimizni sarflab böluvdik… Kutilmaganda çang böroni boşlanib qoldi. Bir neça metr naridagi odamni körib bölmay qoldi. Utkin bu yerda ölib ketamiz, deb hammani qöl bilan jang qilib yorib ötişga çorladi. «Slavyan»lar ortidan «kazak»lar ham turib ketişdi. Çang böroni «qora»larni ham qörqitib yuborgandi, bizning yorib ötolganimizni ular sezmay qolişdi. Şunday qilib Sahnagaça yetib oldik. Olti kişi yarador böldi, ulardan ikkitasi oğir ahvolda edi. Bu voqea 2013 yilning 17 oktyabrida sodir böluvdi.
— Lataqiyada «kazaklar»dan biri Aleksey Malyuta yorib ötiş çoğida hujjatlar solingan planşetini tuşirib qöygani ma’lum böladi. Öşanda planşetni topib olgan IŞIDçilar Suriyada ruslar jang qilayotganini butun dunyoga jar solişadi, — deya köp yillardan söng Slavonic Corps Limited rahbarlaridan biri «Novaya gazeta»ga hikoya qilib bergan edi.

«Slavyan korpusi» tezda Rossiyaga evakuatsiya qilinadi. 2013 yil 19 oktyabrida Vnukovo aeroportiga qöngan ikkita samolyotni FXXning «Alfa» maxsus bölinmasi qurşab oladi, şartnoma asosida jang qilgan barça jangarilar hibsga olinadi. «Slavyan korpusi» rahbarlari Vadim Gusev va Yevgeniy Sidorovga nisbatan RF JKning 359-moddasi («Odamlarni jang uçun yollaş») böyiça jinoyat işi qözğatilib, real muddatlarga hukm öqib yuborişadi. Qolganlar, jumladan, Dmitriy Utkin ham profilaktik suhbatlar bilan qutulib qolişadi.
2014 yil bahorida Utkin yangi tuzilmaga işga kirişga taklif oladi. U keyinçalik özining laqabi «Vagner» nomi bilan atalgan xususiy harbiylaşgan kompaniyaga rahbar böladi. «Vagner» laqabini Utkin Boş razvedka boşqarmasining maxsus xizmatida leytenant bölib xizmat qilayotgan çoğlarida olgan, çunki Hitlerning sevimli kompozitori Rixard Vagnerning «Valkiriyalar parvozi» kompozitsiyasini juda sevardi.
IIVning iste’fodagi podpolkovnigi, Leningrad oliy artilleriya qömondonlik bilim yurti bitiruvçisi, Afğoniston va Çeçenistondagi uruşlar faxriysi Andrey Troşev (laqabi «Sedoy» — «Oqsoç»), Utkinning örinbosari böldi. Dastlabki ikki rotaga qömondon etib Aleksandr Kuznetsov (laqabi «Ratibor») va Andrey Bogatov (laqabi «Brodyaga») tayinlandi.
Kuznetsov — Sankt-Peterburg oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti bitiruvçisi, iste’fodagi podpolkovnik, Boş razvedka boşqarmasi maxsus vazifalilar bölinmasining sobiq qömondoni. Bogatov bu törtovlon içida oliy harbiy ma’lumotga ega bölmagan yagona inson, özining harbiy «universitet»larini Afğoniston va Yugoslaviyada ötagan.
Kuznetsov va Bogatov 2013 yil 19 oktyabrida Suriyadan evakuatsiya qilingan Slavonic Corps Limited «mutaxassislari» qatorida bölişgan.
Bu şaxslardan faqat ikki nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan, ön beşga yaqini yo yöq bölib ketgan, yo IŞID bilan uruşda adrenalinga töyib, Dmitriy Utkin bilan ortiq aloqaga çiqişmagan. 250 nafarga yaqini esa yangi harbiylaştirilgan tuzilmaga qöşilgan.
«Novaya gazeta»ga ikkita manba Dmitriy Utkin Suriyadan eson-omon qaytgaç, yana özini harbiy taqdir izmiga topşirmasdan, sokin pensionerlik hayotini yaşamoqçi bölganini hikoya qilgan. Biroq, maxsus operatsiyalar kuçlari qömondoni, bir vaqtning özida Boş razvedka boşqarmasi boşliği örinbosari Aleksey Dyuminning telefon qönğiroği va uçraşiş taklifini rad eta olmagan.

«Novaya gazeta» manbalari bergan ma’lumotlarga köra, aynan Dyumin kadrlar hisobida turuvçi Rossiya harbiylarini jönatiş siyosiy jihatdan maqsadga muvofiq bölmagan Yer şaridagi ma’lum bir nuqtalarda spetsifik vazifalarni bajariş uçun tuzilma tuziş bilan maşğul bölgan bölişi mumkin.
2014 yil fevral oyi boşlarida bölib ötgan uçraşuvda Dyumin Utkinni Yevgeniy Prigojin bilan taniştirib qöyadi. Mart oyiga kelib, Utkin, Kuznetsov va Bogatov 2013 yil 17 oktyabrida Suriyaning Hums viloyatida «jangovar çöqintiriş»dan ötgan barça quroldoş döstlarini amalda töplaşga muvaffaq bölişadi. Prigojinning xavfsizlik xizmatidan bu uçlikka Andrey Troşev «komandirovka»ga qöşib jönatiladi.
Yevgeniy Prigojinning özi ham köngillilarni töplab, ularni Boş razvedka boşqarmasi öquv markazida şuğullantiriş böyiça yo taklif, yo topşiriq olgani ham bejiz emas.
2014 yil fevraliga kelib Prigojin özini Rossiya armiyasining Kuril orollaridan tortib Kaliningrad oblastigaça çözilgan barça harbiy qismlari va bölinmalarini oziq-ovqat bilan ta’minlaş bilan şuğullanuvçi boşqaruvçi sifatida tavsiya etib bölgan edi. Birgina bu emas. Prigojinning xizmatlari röyxatida «trollar fabrikasi» (Biznesmen öziga tegişli ekanini 2023 yilning 14 fevraliga kelib tan olgan «Internet tadqiqotlar agentligi») ham bor edi.
RF mudofaa vazirligi bilan köp milliardlik şartnomalarga yölni Prigojin osonlikça qölga kiritmagan.
1996 yilda Prigojin Sankt-Peterburgda «Staraya tamojnya» restoranini oçadi. Bu şahardagi oliynasablar taomlanadigan ilk oşxona edi, u yerga şahar meri Anatoliy Sobçak va uning örinbosari Vladimir Yakovlev tez-tez kelib turişadi.
1998 yil bahorida Prigojin New Island teploxodida restoran oçadi va u darhol Peterburgning eng urfga çiqqan yemakxonasiga aylanadi. 2001 yil yozida Rossiyaning yoş prezidenti Vladimir Putin aynan şu yerda Fransiya prezidenti Jak Şirakni qabul qiladi. Fransiya va Rossiyaning prezidentlariga Prigojin şaxsan özi xizmat qiladi.

New Island Vladimir Putinga şu qadar yoqib qoladiki, 2003 yilda öz tuğilgan kunini döstlari bilan şu yerda ötkazadi. Putindan söng Prigojinning restoranlariga boşqa obröli şaxslar ham kela boşlaydi. Turli nufuzli tadbirlarga xizmat körsatiş uçun yangi kontraktlar ham paydo böladi.
Mamlakat egalari bilan tanişuvidan Prigojin öz biznesini kengaytiriş uçun şartnomalar tuzişda muvaffaqiyatli foydalanadi.
2011 yilga kelib u Sankt-Peterburg şahrini, keyinroq poytaxt Moskvada ham maktablarni oziq-ovqat bilan ta’minlay boşlaydi. Öşa yili Moskva oblast sudi, Soğliqni saqlaş vazirligi, DYHXBB, «Lukoyl» oşxonalariga tayyor tuşlik yetkazib bera boşlaydi. Öşanda harbiy garnizonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlaş böyiça ilk şartnomalar imzolanadi. 2012 yil oxiriga kelib, Prigojinning «Konkord» kompaniyasi butun Rossiya armiyasini ovqatlantirişiga qaror qilinadi. Bir yillik şartnoma narxi 50 mlrd rubldan oşadi. Rentabellik 10 foizni taşkil etadi. Ya’ni faqat mudofaa vazirligiga oziq-ovqat yetkaziş ustidan Prigojin yiliga 5 mlrd rubl işlab topa boşlaydi.
2014 yil fevrali — Prigojin xususiy armiya tuziş bilan şuğullana boşlaganidan söng, u boşqaradigan tijorat tuzilmalari mudofaa vazirligiga kömir, dizel yonilğisi yetkazib beriş, butun Rossiyadagi harbiylarga hammom va kirxona xizmatlari körsatiş, kazarmalar va harbiy garnizon hududlarini yiğiştirib-tozalaş böyiça autsorsing xizmati körsatiş böyiça şartnomalarga ega böladi. Prigojin quriliş böyiça kontraktlarni ham qölga kirita boşlaydi.
2018 yil yanvarida «Novaya gazeta» Suriyada «Vagner» XHKning bir neça ming jangarilari jang qilgani haqidagi suriştiruvni e’lon qiladi. «Vagner» tuzilmasiga törtta razvedka-şturm rotasi, artilleriya divizoni, tank rotasi, diversiya-razvedka rotasi, injyenerlik-sapyorlik rotasi, ştablar va yordamçi bölinmalar kiradi. Öşa suriştiruvda jurnalistlar jangarilarni moliyalaştiriş Yevgeniy Prigojin bilan affillangan «Yevro Polis» MÇJ orqali amalga oşirilganini yozişgan.
«Vagner» XHKni harbiy texnika, qurol-yaroğ va öq-dori bilan RF mudofaa vazirligi ta’minlagan. Vagnerçilarga harbiy vazifalarni ham RF harbiy idorasi ofitserlari va generallari qöyişgan. Aynan ular «xususiylar»ning aviatsiya va Suriya armiyasi bölinmalari bilan birgalikda harakatini muvofiqlaştirib turişgan.
2018 yil fevralida «Vagner» XHK AQŞ harbiy-havo kuçlarining raketa bomba zarbasiga duçor böladi va bir kun içida Suriya uruşidagi eng katta yöqotişlarga uçraydi.
Öşa paytda RLDP yetakçisi bölgan Vladimir Jirinovskiy matbuot anjumanida şunday deydi: «Hozir Suriyada katta guruh talafotga uçradi. 300 oila otasiz, ersiz qoldi». Sobiq deputat Viktor Aleksnis boşqa raqamlarni tilga oladi: 7 fevraldan 8 fevralga ötar keçasi Suriyada 334 nafar rossiyalik halok böladi.

Özi öşanda nima bölgan edi?
2018 yil 7 fevralida Suriyaning Dayr-az-Zur şahridan 80 km şarqroqda, Frot daryosining söl qirğoğida AQŞ tomonidan boşqarilayotgan ğarb koalitsiyasi va Suriya hukumatparast bölinmalari örtasida katta töqnaşuv yuz beradi. Keyinroq ma’lum bölişiça, şu hududda kurdlarning harbiylaşgan guruhlari tomonidan nazorat qilayotgan neftni qayta işlaş zavodini qölga kiritiş uçun kuraşayotgan «Vagner» XHKning bir neça yuz jangarilari ham bölişgan.
Öz ittifoqçilarini qöllab-quvvatlaş uçun AQŞ harbiy havo kuçlari F-15Es, Mq-9s, Ac-130s, Ah-64 Apache kabi samolyot va vertolyotlardan iborat aviaguruhni osmonga kötaradi. Qatardagi Al-Udayd aviabazasidan Suriya tomoni ikkita B-52 bombardimonçi samolyotlari ham parvoz qiladi.
AQŞ harbiy havo kuçlari aviaguruhi Frot daryosining söl sohili uzra kutilmaganda paydo bölib qolmaydi. Suriya havo kengliklariga uçib kirişdan avval samolyotlar Rossiyaning Suriya hududidagi va Örta Yer dengizida joylaşgan kemalaridagi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali aniqlanadi. Bundan taşqari, amerikaliklar Suriyadagi Rossiya harbiy guruhi qömondonligi bilan aloqaga çiqib, Frot daryosining söl qirğoğidagi vaziyat bilan qiziqib körişadi.
«Novaya gazeta» 2018 yilda Xmaymim aviabazasidagi Rossiya qömondonligida Amerika aviatsiyasi hujumini töxtatiş uçun yetarli vaqt bölgani haqida yozgan edi. Amerikalik hamkasblariga Frot daryosining söl sohilida Rossiyaning köp miqdordagi qurollangan fuqarolari borligini ma’lum qilişga ham fursatlari bölgan. Agar Suriyadagi Rossiya harbiy qömondonligi neftni qayta işlaş zavodi uçun kuraşda rossiyaliklar iştirok etayotganini oşkor etişni istamagan bölsa, ular «Vagner» XHK rahbariyatini AQŞ HHK havodan raketa va bombalar bilan yopirilma zarba berişi mumkinligidan ogohlantirsa bölardi.
Bu voqea mudofaa vazirligi va Yevgeniy Prigojinning tijoriy munosabatlariga zarraça raxna solmagan edi. Prigojin tuzilmalarining harbiy idora bilan şartnomalariga ham ta’sir ötkazmagan edi. Birortasi bekor qilinmagan yoki töxtatilmagan edi. Bu öz-özidan tuşunarli. 2018 yilga kelib, «Vagner» XHK Afrikada mustahkam örnaşib olgan edi.












