XXV Şanhay xalqaro kinofestivali doirasida rejissyor Şokir Xoliqovning “Yakşanba” filmi premerasi bölib ötdi. Uşbu film “Osiyoning yangi iste’dodlari” nominatsiyasi böyiça eng yaxşi film deb topildi hamda kinofestivalning boş mukofoti – oltin kubok bilan taqdirlandi.

Oilaviy dramada çekka qişloqda tinç-totuv hayot keçirayotgan çol-kampirning farzandlari bilan munosabatlari aks etgan. Tönğiç öğil ota-onasiga yaqin joyda, kenjasi esa boşqa davlatda işlaydi. Film ikki avlod örtasidagi ziddiyatlar haqida hikoya qiladi.

Şanhay xalqaro kinofestivali dunyoning A toifadagi 10 ta, Osiyo miqyosida esa Pusan va Tokio kinofestivallaridan keyin uçinçi örinda turuvçi eng nufuzli kinotanlovlardan biridir. U 1993 yildan buyon 2001 yilgaça har ikki yilda bir marta, 2002 yildan buyon har yili ötkazib kelinadi.
Festivalda “Panorama” (u qisqa metrajli, töliq metrajli, hujjatli va animatsion filmlarni öz içiga oladi), “Osiyoning yangi iste’dodlari” (unda töliq metrajli filmlar qatnaşadi, asosan debyut işlar qabul qilinadi), “Maxsus namoyişlar” (unda festival taşkilotçilari tomonidan tanlab olingan turli davlatlarning tarixiy va zamonaviy filmlari iştirok etadi) deb nomlangan uçta yönaliş bor.
Ta’kidlaş kerakki, özbek filmi uşbu dongdor xalqaro kinofestivalda ilk marta iştirok etdi. Şokir Xoliqov ilk urinişdayoq oliy mukofotni qölga kiritdi.

Şokir Xoliqov 1992 yilda Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida tuğilgan. Yoş rejissyor şu paytgaça Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonda bölib ötgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida ğolib bölgan.












