Britaniya hukumati Roman Abramoviçning «Çelsi» futbol klubini sotişdan tuşgan pullarini Ukrainadan taşqarida işlatişni taqiqladi. Bu haqda Ukrainadagi uruşdan jabr körganlarga yordam jamğarmasi rahbari Mayk Penrouz aytdi.

Penrouz Abramoviçning klubni sotişdan olgan barça daromadlari öz jamğarmasiga ötkazilganini, bu pullarni faqat Ukrainadagi uruş qurbonlariga yordam sifatida va uning oqibatlarini bartaraf qilişga yönaltiriş mumkinligini eslatdi. 

Buyuk Britaniya hukumatining jamğarmaga bergan körsatmasiga köra, mablağlar faqat Ukraina geografik çegarasi içida sarflanişi mumkin. Ukrainadan taşqaridagi ukrainaliklarga, şu jumladan Buyuk Britaniyadagi ukrainaliklarga pul beriş böyiça har qanday sörovlar körib çiqilmaydi. Jamğarma rahbari sözlariga köra, şu tufayli Ukrainani tark etişga majbur bölgan qoçqinlarga yordam berişning iloji yöq. 

«Hukumat va Yevropa Ittifoqi şartlariga köra, qoçqinlar Ukrainani tark etişi bilan moddiy yordam töxtatiladi. Gumanitar yordam olayotgan jabrdiydalarning köpçiligi, asosan ayollar va bolalar şu yöldan bormoqda», dedi u. 

Penrouz sözlariga köra, qayerda bölişidan qat’i nazar, noçor odamlarga 2,35 mlrd funt sterlingni sarflamaslik ğoyasi «deyarli uyatli». 

2023 yil aprelida rossiyalik oligarx Roman Abarmoviç «Çelsi» klubini 2,35 mlrd funt sterlingga sotdi. Tadbirkor barça mablağni Ukrainadagi uruş qurbonlariga tarqatişni taklif qildi. 

Abramoviçning özi Rossiya hukumati bilan aloqalari tufayli 2022 yil mart oyida Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan, şu tufayli klubni sotişdan olgan daromaddan foydalana olmas edi. Hozir u sanksiyalardan qutuliş maqsadida sudga murojaat qilgan.