Ukrainadagi uruşning 496-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zaporijjya AES energobloklarida «portlovçi qurilmaga öxşaş predmetlar» paydo bölganini aytdi.
- YeXHT parlament assambleyasi «Vagner» XHKni mohiyatan terrorçilik taşkiloti deb tan oldi.
- Makiyivkada kuçli portlaş röy berdi. Ukraina qurolli kuçlari rossiyaliklarning qurol-yaroğ omboriga zarba berilganini ma’lum qildi. Sönggi ma’lumotlarga köra, Makiyivkaga zarba oqibatida 41 kişi jabrlangan, bir kişi halok bölgan. Anneksiya qilingan «DXR» rasmiylari ukrain harbiylari turar joylar va tibbiyot muassasalariga zarba berganini aytmoqda, lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda öq-dori omborida portlaş röy bergani aks etgan.
- Belgorod oblasti gubernatori Şebekino şahri öqqa tutilişidan yetkazilgan zarar miqdorini 20 milliard rublga baholadi.
- Rossiya qöşini Xarkiv oblastidagi Pervomayskiy şahrini öqqa tutdi, natijada 43 kişi jabrlangan, halok bölganlar haqida ma’lumot yöq.
- Moskva birjasida dollar kursi oxirgi bir yildan ortiq vaqt içida ilk bor 90 rubldan oşdi.
Ukrainlarning Baxmut atrofidagi yurişi: egallangan pozitsiyalar rossiyaliklarning jasadlari bilan tölgan
Baxmut atrofida Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumi davom etmoqda. Ukrain bölinmalari Baxmutdan janubdagi Kleşçiyevka qişloği çekkalariga kirgan. Rossiyadagi manbalar «DXR» bölinmalari bu qişloqni taşlab çiqqanini aytmoqda. Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari şaharni şimoldan aylanib ötişga qaratilgan harakatlarini davom ettirmoqda.
Ukrainalik fotograflar Konstantin va Vlada Liberovilar Baxmut yaqinidagi front çiziğida bölişdi. Öz instagramida ular bu joyda körganlarini «biz maktabda öqigan uruş haqidagi kitoblar uçun illyustratsiyalar» deb ta’riflaşdi. Liberovilar ukrain jangçilari yaqinda egallagan pozitsiyalarda rossiyalik harbiylarning jasadlari qolganini aytib berişgan:
«Yigitlar ularni olib çiqa olmaydi, jasadlar minalangan. Pozitsiyani qoldirib bölmaydi, rossiyaliklar şu atrofda va darhol ortga qaytişadi. Bu blindaj — bir neça yuz metrlik hududdagi yagona boşpana. Şuning uçun ular bu jasadlar ustida ötirişadi va uxlaşadi.
Issiq 35 daraja. Nafas oliş qiyin. Ammunitsiya ezadi. Ular [jasadlar] qörqinçli darajada. Faqat bu blindajdagina emas. Hujumga uçragan butun posadka [maydon] parçalangan jasadlar va inson tanasi qismlari bilan töla. Hammayoqda — çivinlar. Juda köp çivin».
Rossiya hukumati boy berilgan pozitsiyalardan jasadlarni evakuatsiya qiliş masalasida izoh bermagan.

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA


Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Xarkiv oblastidagi Pervomayskiy şahriga yöllagan zarbasi
4 iyul kuni kunduzi Rossiya qöşini Xarkiv oblastining Pervomayskiy şahrini öqqa tutdi, deb xabar bergan region harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. «Suspіlne» naşriga köra, şahar markazida portlaş frontda halok bölgan Maliş laqabli harbiy xizmatçi Oleg Fadeyenko bilan vidolaşuv marosimi çoğida sodir bölgan. Fadeyenko 3-alohida şturm brigadasi 1-şturm bataloni razvedkaçilar vzvodi komandiri edi va Baxmut atrofidagi janglarda halok böldi.
Mahalliy rasmiylarga köra, «Iskander» raketasi bilan berilgan zarba oqibatida 43 kişi jarohatlangan, ulardan 12 nafari bolalar. Qurbonlar haqida xabar berilmagan. Sakkizta köp qavatli uy va avtomobillar şikastlangan.

Oleksandr Magula / AP / Scanpix / LETA


George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Oleksandr Magula / Global Images Ukraine / Getty Images

Oleksandr Stavytskyy / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images


Reuters / Scanpix / LETA

George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA
Vuhledar atrofidagi ukrain artilleriyaçilari
Vuhledar atrofida janglar davom etmoqda. Rossiyaliklarning 2023 yil yanvarida şaharni egallaşga urinişlari şaharning janubi-şarqidagi hovlilarga örnaşib olişi bilan yakunlangan, ammo bu katta yöqotişlar evaziga röy bergandi. Hozir şu hududda ham va yaqin atrofdagi Nikolskoye şaharçasi uçun ham janglar ketmoqda. Rossiya kuçlari Vuhledar böylab zarbalar yöllamoqda.

Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyevdagi «Ona vatan» yodgorligi Amerika bayroqlari rangida
4 iyul, AQŞ Mustaqillik kuni keçqurun, Kiyevdagi «Ona vatan» yodgorligi Amerika bayroği ranglarida yoritildi. Volodimir Zelenskiy ham tvitter sahifasida AQŞ fuqarolarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi va ukrainlar uçun «bunday orzu, jasorat va erkinlikka şerik böliş katta şaraf» ekanini ta’kidladi:
«Mustaqillikka mardlargina erişadi va mardlarning eng yaxşilarigina erkinlikni avloddan avlodga ötkazişga qodir».













