Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Parlament assambleyasi (PA) Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini mohiyatan terroristik deb tan oldi. «YeXHT Parlament assambleyasi «Vagner guruhi»ning qilgan xatti-harakatlari tabiatan va niyatiga köra haqli ravişda terrorçilik deb ta’riflanişi mumkinligini va şuning uçun milliy hokimiyat organlari tomonidan «Vagner guruhi»ni terrorçi taşkilot deb belgilaşni asosli deb hisoblaydi», deyiladi 4 iyul, seşanba kuni Vankuverda nihoyasiga yetgan taşkilotning 30-yillik sessiyasi yakunida qabul qilingan YeXHT PA deklaratsiyasi matnida.
Uşbu hujjatda ta’kidlanganidek, «Vagner guruhi»ning faoliyati terroristik xususiyatga ega, çunki ular siyosiy maqsadlarga erişiş uçun jangovar bölmagan şaxslarga nisbatan qasddan zöravonlik qiliş bilan tavsiflanadi».
Rossiya «Vagner» XHKning budjetdan moliyalaştirilganini «bir neça yil davomida inkor etganidan keyin» oçiq tan oldi, deb ta’kidlaydi YeXHT PA. Assambleyaga köra, bu fakt «Vagner guruhi»ning xorijdagi harakatlari uçun Rossiya javobgar ekanligini yaqqol körsatib turibdi».
Bundan taşqari, taşkilot bir qator milliy parlamentlar, xususan, Ukraina, Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Kanada, Belgiya va AQŞ qonun çiqaruvçi organlari tomonidan «Vagner guruhi»ning terroristik harakatlariga qarşi qaratilgan sa’y-harakatlarini olqişladi».











