Milliy markaz matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi tomonidan 2023 yil davomida «Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba» mavzusida öquv kurslarini ötkaziş rejasi ham tasdiqlandi.
Rejaga muvofiq, onlayn va oflayn şakldagi öquv kurslari Farğona viloyatida – 22-23 fevral, Buxoro viloyatida – 29-30 mart, Toşkent viloyatida – 18-19 aprel, Surxondaryo viloyatida – 17-18 may, Andijon viloyatida – 20-21 iyun, Namangan viloyatida – 22-23 iyun kunlari ötkazildi.
Joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakat hududlarining yarmini qamrab olgan ana şu maşğulotlarga milliy va xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
Har bir hududdan 50 nafar – içki işlar tizimi va 10 nafar – prokuratura tizimi xodimi tinglovçi sifatida iştirok etdi. Natijada tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergovni amalga oşiruvçi organlar va jazoni ijro etiş muassasalarining jami 350 nafar xodimi qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş borasidagi xalqaro amaliyot va milliy tajriba böyiça öz bilimlarini oşirişi ta’minlandi.
Maşğulotlarda Milliy markaz, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Davlat va huquq instituti, Içki işlar vazirligining Akademiyasi va Malaka oşiriş instituti rahbariyati, professor-öqituvçilari öz ma’ruzalari bilan qatnaşdi.
Öquv kurslari yakunida test sinovlari ötkazildi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topşirgan tinglovçilarga Milliy markaz nomidan sertifikatlar topşirildi.











