Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 maydagi “Yaşil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-156-sonli Qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan boşlab “Özbekgidroenergo” AJ tizimidagi gidroelektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi uçun “yaşil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi.
(Joriy hisob-kitoblarga köra, “Özbekgidroenergo” AJ tasarrufida 53 ta GES mavjud bölib, umumiy gidroenergetik quvvati 2 225 MVtga teng. GESlarda işlab çiqariladigan elektr energiya hajmidan kelib çiqqan holda, Jamiyat tomonidan yiliga 7 mln. dona “yaşil energiya” sertifikatlari birjaga savdoga çiqarilişi hamda talabgorlarga taqdim qiliş imkoniyati mavjud. Bir dona “yaşil energiya” sertifikati qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt.soat elektr energiyasi işlab çiqarilganligini tasdiqlaydi).
2030 yilga kelib iqtisodiyotimizda energiya samaradorligi 2 karra oşirilib, qariyb 50 milliard kilovatt soat “yaşil energiya” işlab çiqariladi. 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlari barpo etiladi.
Energetika sohasining ajralmas “yaşil böğini” hisoblangan gidroenergetika sohasida mazkur yönalişda qator amaliy işlar izçil tatbiq etilmoqda.
“Yaşil energiya” sertifikati (qayta tiklanadigan energiya sertifikatlari deb ham ataladi) quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ma’lum miqdorda energiya işlab çiqarilganligini tasdiqlovçi elektron hujjatdir. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro qayta tiklanuvçi energiya manbalarini sertifikatlaş taşkiloti (I-REC) bilan kelişuvga erişdi hamda uşbu tizimni tartibga soluvçi mas’ul organ (emitent) sifatida uşbu taşkilot akkreditatsiyasidan ötgan.

Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi tomonidan birja savdolarida “yaşil energiya” sertifikatlarini sotişga möljallangan alohida “yaşil energetika seksiyasi” taşkil qilingan bölib, spot.uzex.uz sayti orqali “yaşil energiya” sertifikatlarini sotuvga qöyib boradi. Iste’molçi tomonidan “yaşil energiya” sertifikatlarini xarid qiliş böyiça örnatilgan tartibda şartnoma tuziladi hamda şartnoma asosida Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, ya’ni emitentga gidroelektr stansiyada işlab çiqarilgan elektr energiyasiga mos bölgan hajmda sertifikat çiqariş böyiça talabnoma yuboradi.
Uşbu talabnoma asosida Emitent Jamiyat nomiga “yaşil energiya” sertifikatlarining yagona elektron platformasida sertifikatlarni çiqarib beradi. Oxirgi bosqiçda Jamiyat tomonidan sertifikatlar Iste’molçi nomiga hisobdan çiqariladi.
Ta’kidlaş joizki, I-REC sertifikatlari (“yaşil energiya” sertifikatlari)ni sotiş mamlakatga ekologik mas’uliyat va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanişga sodiqligini namoyiş etiş imkonini beradi hamda tabiiy ravişda Özbekistonning xalqaro darajadagi ekologik reytingini oşiradi.
“Özbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati











