Rossiyada «Vagner» XHK va Yevgeniy Prigojin tomonidan isyonga uriniş paytida Suriya hukumati isyon tarqalişining oldini oliş uçun uşbu Yaqin Şarqdagi «Vagner» XHK vakillarini zararsizlantirişga qaratilgan bir qator çoralarni kördi. Bu haqda 7 iyul, juma kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda. 

«Vagner guruhi» yollanma askarlari joylaşgan joyda Suriya harbiy razvedkasi ularning bir-biri bilan yoki Rossiyadagi XHK vakillari bilan aloqa qilişiga yöl qöymaslik uçun telefon va internetni öçirib qöydi. Önga yaqin «Vagner» qömondoni Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasiga olib kelingan va u yerda ularga tanlov qöyilgan: Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaş yoki zudlik bilan mamlakatni tark etiş. Reuters manbalariga köra, isyondan keyingi kunlarda şartnoma imzolaşdan boş tortgan önlab odamlar Rossiyaga olib ketilgan. Yollanma askarlarning maoşlari ham qisqartirilgan. 

Istanbuldagi mustaqil tahlil markazi - Omran strategik tadqiqotlar markazi xodimi Navar Şaban şunday dedi: «Vagner» XHKning Suriyadagi roli keskin pasayib ketdi». «Barça voqealarni inobatga olgan holda, hozirda ularning Suriya Mudofaa vazirligi bilan aloqasi uzilgan», — deya qöşimça qildi u. 

«Vagner» XHK yollanma askarlarining nisbatan kiçik guruhi Suriyada bölgan - taxminiy hisob-kitoblarga köra, 250 dan 450 kişigaça, bu mamlakatdagi Rossiya harbiylari umumiy sonining taxminan ön foizini taşkil qiladi. Kuzatuvçilarga köra, sönggi bir yil içida «Vagner guruhi»ning köplab faxriy jangçilari Ukrainada jang qiliş uçun Suriyani tark etgan.