Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi davlat çegarasini demarkatsiya qiliş jarayoni yakunlandi. Bu haqda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.

«2023 yil 4 iyulda Qozoğiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida Qozoğiston-Özbekiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitim kuçga kirdi. Bitim 2022 yil 2 dekabrda Toşkent şahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur kelişuvning kuçga kirişi Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça 19 yillik jarayon töliq yakunlanganini anglatadi», – dedi Oybek Smadiyarov brifingda.

Uzunligi 2357 km bölgan çegara 1301 ta çegara belgisi bilan belgilangan va sakkiz ming sahifadan ortiq demarkatsiya hujjatida aks ettirilgan.