Joriy yilning 7 iyul kuni Toşkent tumani hududi, “Ğişt-köprik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan fuqaro Ş.E. heç bir sababsiz, yöl yoqasidan harakatlanib ketayotgan, öziga begona bölgan 40 yoşli fuqaroning qorin qismiga yonida bölgan piçoq bilan tösatdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.
IIV xabariga köra, voqea sodir bölgan zahoti hududda xizmat olib borayotgan Toşkent viloyati IIBB PPX xodimlari uşbu şaxs atrofdagi boşqa fuqarolarga ham şikast yetkazişining oldini oliş maqsadida, xizmatda foydalaniş uçun biriktirilgan maxsus rezina tayoğini işlatib, jismoniy kuç qöllagan holda fuqaro Ş.E.ni qölga olib, zararsizlantirgan.
Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan şifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, gumonlanuvçi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.












