Toşkent viloyati sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi mahalla fuqarolar yiğini va fuqarolar zimmasiga 1 758 tup daraxtni boşqa joyga köçiriş majburiyatini yuklaş haqida ajrim çiqardi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Ajrimda keltirilişiça, Toşkent tumani Qizğaldoq mahallasi Qizğaldoq köçasida yaşovçi aholi 2023-yilda hududdan ötgan yuqori kuçlanişli elektr tarmoği muhofaza zonasidagi yer maydonini obodonlaştirgan. Ular bu işni “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning yozma ruxsatini olgan holda amalga oşirişgan.

Fuqarolar uşbu yer maydoniga jami 1758 tup (633 tupi manzarali, 1125 tupi mevali) daraxt köçatlarini ötqazişgan. Uşbu hudud hozirda yaşil zonaga aylangan. Daraxtlar belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, “Qizğaldoq” MFYga biriktirilgan.

2025-yilga kelib, uşbu 2,5 ga yer maydonining egasi çiqqan: u 2021-yilda tuman hokimi qarori bilan MÇJga doimiy foydalaniş huquqi asosida berilgani maʼlum bölgan. 

Muhim jihat: Toşkent tumani hokimining 2021-yildagi qarorida MÇJga “Boğizilol” MFY hududidan yer maydoni ajratib beriş nazarda tutilgan. Tuman hokimining 2026-yil 22-yanvardagi qarori bilan dastlabki qarordagi “Boğizilol MFY” sözlari “Qizğaldoq MFY” sözlariga özgartirilgan.

MÇJ sudga daʼvo arizasi kiritib, yer maydonida kökalamzorlaştiriş hamda manzaralari daraxt köçatlari yetiştiriş faoliyatini amalga oşiriş uçun javobgar tomon qarşilik qilayotganini bildirgan. Daʼvo arizasida javobgar fuqarolarga 1758 tup daraxtni mahalliy hokimlik körsatgan boşqa hududga köçiriş majburiyatini yuklaş söralgan.

FIB Zangiota tumanlararo sudining 2026-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabini qanoatlantiriş rad etilgan. Zangiota tumani prokurori v.v.b. X.Ubaydullayev apellyatsiya protesti kiritib, hal qiluv qarorini bekor qilişni hamda daʼvo talabini qanoatlantiriş haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilişni söragan.

Şu tariqa, Toşkent viloyati sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 10-iyuldagi ajrim bilan dastlabki sud qarorini bekor qilgan va yangi qaror qabul qilgan.

Unga köra, sud daʼvogar tomonning javobgar fuqarolarga 1758 tup daraxtni köçiriş majburiyatini yuklaş haqidagi daʼvo talabini qanoatlantirgan. Ajrim bilan “javobgar” MFY zimmasiga daraxtlarni köçiriş majburiyatini yuklagan. Daraxtlarni köçiriş bilan boğliq xarajatlar daʼvogar zimmasiga yuklanişi belgilangan.