Toşkent viloyati Toşkent tumani Beşterak mahallasidagi 6 gektar hududda kottejlar qurilişi kerak edi. Yangi hovliga ega böliş umidida yuzlab fuqarolar şartnoma qilib, tölovlarni amalga oşirgan.

Ammo quruvçi firma egalarining jinoiy qilmişlari sabab barça işlar orqaga ketgan va «Oltin makon»da quriliş işlari çala qolgan.

Har doimgidek oddiy odamlar orzu-umidlari örnini töxtab qolgan quriliş, imzo çekilgan şartnoma va javobsiz savollar egallab olgan.

Gap şundaki, Toşkent tumanining Beşterak mahallasida «Oltin makon» zamonaviy kottej şaharçasi sifatida reklama qilindi. Xaridorlarga 171 ta ikki qavatli, 178 kvadrat metrlik hovli uylari taklif etildi.

Eng jozibali tomoni – 24 oygaça foizsiz bölib tölaş imkoniyati ham borligi edi. Şart oddiy: xaridor kamida 50 foiz tölovni amalga oşiradi, qolgani muddatli tölovda. Har bir fuqaro bilan ikki tomonlama şartnoma tuzildi va hamma narsa qonuniy körinardi.

Biroq oradan vaqt ötib, barçasi reklamadagidek ajoyib tarzda yakunlanmadi. Quriliş işlari töxtab qoldi, köplab kottejlar öz vaqtida egalariga topşirilmadi.

Jabrlanuvçilardan biri Baxtiyor Rahimxöjayevning aytişiça, şartnomalar 2023 yil 1 iyundan boşlab tuzilib, quriliş işlari boşlangan va kottejlar 2025 yil mart oyida foydalanişga topşirilişi va’da qilingan. Biroq 2025 yil boşida quriliş işlari heç qanday tuşuntirişsiz töxtatilgan.

«Biz mas’ullarga çiqişga, qönğiroq qilib vaziyatni aniqlaşga harakat qildik, ammo heç qanday javob olmadik. Şundan keyin fuqarolar özimiz birlaşib, qurilişni davom ettirişga qaror qildik va işlarni ham boşladik. Lekin bu safar ham yangi ta’sisçi tomonidan quriliş işlarini töxtatiş haqida buyruq berildi. Hozir biz kutayotgan narsa adolatli yeçim. Sudda 31 nafar fuqaroga uylarni natura şaklida beriş yoki fuqarolik sudiga murojaat etiş tavsiya qilindi. Şu bilan birga, bu yerdagi yer maydonini auksionga çiqariş masalasi ham körilmoqda. Bizning asosiy talabimiz – auksionni töxtatiş. Çunki yer sotilib ketsa, qolgan hududlar ham auksionga çiqarilişi mumkin. Natijada odamlar nafaqat tölagan pullaridan, balki öz mablaği hisobidan qurib bitkazgan uylaridan ham ayrilib qolişi mumkin», - deydi jabrlanuvçi.

Kutişdan çarçagan ba’zi xaridorlar oxir-oqibat uylarini öz mablaği va öz kuçi bilan qurib bitirişga majbur bölgan, aslida ular allaqaçon quruvçiga tölagan pul evaziga bajarilişi kerak bölgan işlarni yana bir bor öz çöntagidan moliyalaştirgan. Bugungi kunda qölida şartnoma, tölov kvitansiyalari bölgan yuzlab oilalar hamon öz uyiga töliq egalik qila olmayapti, na köçib kiriş huquqi, na mulk hujjatlari töliq rasmiylaştirilgan.