Çeklangan tariflar böyiça yölovçilarni taşişdan yuzaga kelgan zararni qoplaş yuzasidan Toşkent şahar hokimi qarori qabul qilindi. Unga köra, «Toşşahartransxizmat» AJga buning uçun 18 mlrd söm ajratiladi.

Mazkur mablağ respublika budjetidan Toşkent şahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablağlari hisobidan yönaltirilişi belgilangan.

Qarorda şahar Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi 2023 yil poytaxt mahalliy budjetiga tegişli özgartirişlarni amalga oşirişi qayd etilgan. 

Ma’lumot uçun, aprel oyida poytaxtda jamoat transporti tarkibining oşgani ortidan undan foydalanuvçi yölovçilar soni oşgani e’lon qilingandi. Xususan, 2023 may oyida avtobuslar kuniga örtaça 782 mingdan ortiq yölovçi taşigan. Bu 2022 yilning xuddi şu davriga nisbatan 63 foizga ortganini körsatadi.