
JST davlatlar örtasidagi savdo qoidalari bilan şuğullanadigan yagona global xalqaro taşkilot sifatida savdo bitimlari böyiça muzokaralar uçun forum vazifasini bajaradi, öz a’zolari örtasidagi savdo nizolarini hal qiladi hamda rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar taraqqiyotini qöllab-quvvatlaydi.
JSTning asosiy maqsadi savdoni liberallaştiriş, tovar va xazmatlarning tösiqlarsiz erkin aylanmasini ta’minlaşdir. Taşkilot faoliyati markazida davlatlar tomonidan imzolangan va ularning parlamentlarida ratifikatsiya qilingan JST kelişuvlari turadi.
JST bitimlari keng kölamli faoliyatni qamrab oluvçi huquqiy hujjatlar bölib, ular qişloq xöjaligidan tortib xizmatlar savdosi, töqimaçilik, telekommunikatsiya, davlat xaridlari, sanoat standartlari va mahsulot xavfsizligi, oziq-ovqat sanitariyasi qoidalari, intellektual mulk va boşqa sohalarni öz içiga oladi. Ammo bu hujjatlarning barçasi bir qator tamoyillar asosida qöllanadi. Uşbu tamoyillar, şuningdek, köp tomonlama savdo tizimi asosi hamdir.
Şaffoflik, özarolik, samaradorlik bilan bir qatorda kamsitmaslik prinsipi ham JSTning asosiy tamoyillaridan bölib, u eng köp qulaylik beruvçi rejim va milliy rejimga bölinadi. Milliy rejim xalqaro huquqda boşqa davlat fuqarolariga öz fuqarolari bilan bir xil munosabatda böliş tamoyili bölib, agar davlat öz fuqarolariga ma’lum huquq va imtiyozlar bersa, u ayni paytda mamlakatda bölgan çet elliklarga ham teng huquq va imtiyozlarni taqdim etişi kerakligini bildiradi.
JST huquqida milliy rejim sub’yekti faqat xorijiy davlatlar yuridik şaxslari hisoblanadigan eng köp qulaylik beruvçi rejimdan farqli ravişda, çet elliklar va mahalliy aholiga teng munosabatda böliş – import qilingan va mahalliy işlab çiqarilgan tovarlarga teng munosabatda bölişi kerakligini anglatadi. Xuddi şu tartib xorijiy va mahalliy xizmatlarga, xorijiy va mahalliy tovar belgilariga, mualliflik huquqi va patentlarga nisbatan qöllanişi kerak. Uşbu «milliy rejim» tamoyili (boşqalarga ham öz fuqarolari va/yoki rezidentlari bilan bir xil munosabatda böliş) JSTning uçta asosiy kelişuvida (GATT, GATS, TRIPS) ham öz aksini topgan.
JST doirasida, mazmunan milliy rejim – a’zo davlatlar import va «öxşaş (like product)» mahsulotlar örtasida kamsituvçi rejimni qöllamasliklari kerakligini anglatadi (bojxona tariflari örnatilişi bundan mustasno). Uşbu tamoyil orqali mamlakatlarga importga nisbatan kamsituvçi çoralarni qöllaş va tariflar ta’sirini notarif çoralar orqali qoplaşga yöl qöymaydi. Bunga quyidagi holatni misol qilib olsa böladi, A davlat X mahsulotga bölgan bojxona import tarifini 10 foizdan 5 foizga pasaytiradi, lekin faqat uşbu import qilinadigan X mahsulotga 5 foizli içki iste’mol soliğini qöyadi, bu içki soliq esa tarifning beş foizlik punktiga pasaytirişning örnini samarali qoplaydi.
Şu sababli ham, milliy rejim JST a’zolaridan import qilinadigan mahsulotlarga milliy işlab çiqariş mahsulotlariga nisbatan qöllanganidan kam bölmagan qulay rejim yaratişni talab qiliş orqali savdodagi «yaşirin» içki tösiqlarni bartaraf etişni ham maqsad qiladi.
Yanada aniqroq aytganda, milliy rejim tamoyili «yaşirin proteksionizm»ni taqiqlaş va tarif tösiqlariga ekvivalent çoralarni taqiqlaş uçun işlab çiqilgan bölib, JST a’zo davlatlarining tarif va boşqa savdo tösiqlarini kamaytiriş va raqobat şaroitlari tengligini ta’minlaş böyiça öz zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajarişga qaratilgan. Ammo yaşirin proteksionizmni yoki tösiqlarsiz savdo qoidalarni çetlab ötadigan çoralarni aniqlaş juda qiyin.
Masalan, bizda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş uçun qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş, qayta işlaşni kengaytiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida, töqimaçilik va tikuv-trikotaj korxonalarida çuqur qayta işlaş va ularning eksportini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida, çekka tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida, içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş uçun ajratiladigan subsidiyalar va boşqa körinişdagi davlat moliyaviy kömaklari mahsulotlar va xizmatlar bozoriga kirib kelayotgan xorijiy tadbirkorlarning teng raqobatga bölgan huquqlarini buzilişi sanaladi.
Yoki ba’zi işlab çiqaruvçilarga soliq tizimida differensial imtiyozli tartibni qöllagan holda ularni iqtisodiy jihatdan kuçli brendlar ta’siridan asraş amaliyoti, ayrim xizmat körsatiş turlarini faqat Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçungina oçiqligini ta’minlaş ham xorijiy işlab çiqaruvçi yoki xizmat körsatuvçiga nisbatan kamsituvçi holatdir.
Ammo, ba’zan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar sohasida amalda milliy investorlar, ayniqsa, «çaqaloq sanoat» yoki «çaqaloq tadbirkorlar» deb ta’riflanişi mumkin bölganlar, iqtisodiy jihatdan kuçli transmilliy korporatsiyalar (TMK) kabi xorijiy investorlar bilan soliştirganda iqtisodiy jihatdan noteng ahvolda bölişi mumkin. Bunday «iqtisodiy nosimmetriklik» ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, milliy investorlarga nisbatan milliy rejimdan istisnolar beriş orqali ma’lum darajada moslaşuvçanlikni talab qilişi mumkin. Bu istisnolar milliy mentalitetdan kelib çiqib, davlat xavfsizligi talablaridan, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligini saqlaşga qaratilgan bölişi mumkin.
Milliy rejim faqat mahsulot, xizmat yoki intellektual mulk obekti bozorga kirgandan keyingina qöllanadi. Şu sababli, import uçun bojxona tölovini undiriş milliy rejimni buziş hisoblanmaydi, hatto mahalliy işlab çiqarilgan mahsulotlarga nisbatan ekvivalent soliq undirilmagan taqdirda ham.
Özbekiston Respublikasi JSTga a’zo bölişga va şunga mos ravişda JST tizimining asosiy kelişuvlariga qöşilişga faol harakat qilmoqda, şu sababli hozirda uşbu tamoyilni örganiş, şubhasiz, dolzarb. JSTga a’zo bölişdagi vazifalardan biri milliy qonunçilikni JSTning huquqiy normalariga muvofiqlaştirişdir. Şunday qilib, zamonaviy Özbekiston Respublikasi qonunçiligini tahlil qiliş, şuningdek, unda milliy rejim tamoyilining örni va roli, uni ikki tomonlama, köp tomonlama şartnomalarda va bir tomonlama tartibda mustahkamlaş dolzarb masala sifatida kun tartibida turibdi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi qonunçiligi GATT (milliy işlab çiqarişni himoya qilişga qaratilgan içki soliqqa tortiş va boşqa çoralar böyiça import va mahalliy işlab çiqarilgan tovarlar örtasidagi kamsitişga yöl qöymaslik), GATS (har bir a’zo davlat boşqa har qanday a’zo davlatning xizmatlari va xizmatlarni yetkazib beruvçilariga xizmatlar körsatişga ta’sir qiluvçi barça çoralarga nisbatan milliy «öxşaş xizmatlar va xizmatlar yetkazib beruvçi»larga taqdim etganidan kam bölmagan qulay rejimni taqdim etiş), TRIPS (har bir a’zo davlat boşqa a’zo davlatlar fuqarolariga intellektual mulkni himoya qiliş böyiça öz fuqarolariga taqdim etganidan kam bölmagan qulay rejimni taqdim etiş, ya’ni intellektual mulk obektlarining nojismoniy xususiyatlarini inobatga olib aynan intellektual mulk huquq egalari – a’zo davlatlar fuqarolari milliy rejim obekti qilib olinadi) va JSTning boşqa şartnomalaridagi milliy rejim bilan boğliq normalar bilan uyğunlaştiriş masalasi bugungi kunda kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
Özbekiston qonunçiligi taşkilotning uşbu prinsipi talablariga muvofiqligini tahlil qiliş davomida bir neça qonunçilik hujjatlari, soliq (mahalliy va xorijiy soliq rezidentlariga nisbatan farqlanuvçi soliq tartibi), bojxona qonunçiligi (tölovlarini tölaş böyiça imtiyozlar va tarif preferensiyalari), «Raqobat töğrisida»gi, «Davlat boji töğrisida»gi (rezident va norezidentlarga nisbatan ayni turdagi davlat xizmatini amalga oşirganlik uçun özaro farqli boj stavkalari) qonunlarimiz hamda boşqa qonunosti hujjatlarimizdagi Özbekiston Respublikasi fuqarolari va çet el fuqarolari (asosan, yuridik şaxslariga) nisbatan kamsituvçi tartib-qoidalarni nazarda tutuvçi normalari milliy rejimni qöllaş nuqtayi nazaridan tahlil qilinişi lozim.
Şahnoza Almosova,
Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçisi











