«Özbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qiliş aviatsiya qoidalariga özgartirişlar kiritiş haqida»gi transport vaziri buyruği imzolandi.
Unga köra, hujjat bilan uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.
2022 yil 15 noyabrdagi tegişli qarorga muvofiq, mamlakat samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qiliş qoidalariga özgartirişlar kiritiladi.
Buyruq bilan tegişli aviatsiya qoidalarining 789-1-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi: dron parvozini bajariş vaqtida fuqaro aviatsiyasi uçuvçisiz uçadigan apparat operatorida uşbu apparatni uçişga tayyorlaş va boşqarişga oid qöllanma bölişi şart.
Hujjatga bilan, fuqaro aviatsiyasi uçuvçisiz uçadigan apparati operatoriga berilgan huquqiy ta’rif — uçuvçisiz uçadigan apparatni bevosita boşqaruvçi şaxs deya özgargan.
Avvalroq dronlar uçun ruxsatnomalarning amal qiliş muddatini tekşiriş xizmati işga tuşgan. Unga köra, QR-kodli ruxsatnomani skanerlaş yordamida ma’lumotlar holatini tekşiriş mumkin.
2015 yildan boşlab Özbekistonga jismoniy şaxslar tomonidan dronlarni olib kiriş taqiqlangan, alohida holatlar bundan mustasno.
Yuridik şaxslar maxsus ruxsatnoma asosida dronlarni olib kirişi va öz maqsadlari uçun foydalanişi mumkin. Hozir bu huquqdan asosan qişloq xöjaligi tarmoqlari foydalanadi.
2022 yilning noyabrida hukumatning mamlakatda uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş töğrisidagi qarori tasdiqlandi. Mazkur hujjat bilan uçuvçisiz uçiş apparatlari uçun ruxsat oliş tartibi qarorga muvofiq amalga oşiriladi.












