Qrimdan Xerson viloyatiga olib boruvçi yöllarda Qrim köprigida sodir bölgan portlaşlar va undagi transport harakati tösib qöyilgani sababli uzunligi olti kilometrgaça bölgan tirbandliklar yuzaga keldi, deb xabar berdi RIA «Novosti» muxbiri 17 iyul, duşanba kuni. Qrimdan Krasnodar ölkasiga parom ötiş yölidan foydalanmoqçi bölganlar ham bir neça soat navbat kutişga majbur, deb xabar bermoqda «Agenstvo.Novosti».

Rossiya Transport vazirligi duşanba kuni öz saytida paromlarda faqat yuk maşinalari va avtobuslar harakatlanişini ma’lum qildi. Krasnodar ölkasidan Qrimga borişni istaganlarga idora şaxsiy avtomobillarini Tamandagi avtoturargohda qoldirib, yarimorolga poyezdda borişni taklif qildi. 

Qrimga avtomaşinada boriş yoki undan çiqib ketiş istagida bölgan sayyohlarga Rossiya Transport vazirligi tomonidan Ukrainaning vaqtinça egallab olingan hududlari orqali quruqlikdagi yönaliş taklif qilingan. Şu maqsadda Xerson, Zaporijjya va Donetsk viloyatlari «hokimiyati» Qrimdan Rostov viloyatiga Çongar, Armyansk, Novoalekseyevka va Melitopol orqali olib boruvçi tegişli yönalişlarda komendantlik soati bekor qilinganini bildirdi, deb xabar berdi «Dojd» telekanali.

Qrim köprigida portlaşlar sodir bölgani haqida Rossiya va Ukraina ommaviy axborot vositalari hamda Telegram-kanallari 17 iyul, duşanba kuni erta tongda xabar berdi. Köprik transport harakati uçun yopilgan. Keyinroq Milliy aksilterror qömitasi Qrim köprigiga Ukraina suvusti dronlari tomonidan hujum qilingani haqida xabar berdi. «Soat 03:05da Ukrainaning ikkita uçuvçisiz suvusti apparati Qrim köprigiga hujum qildi. Natijada Qrim köprigining yöl qismi şikastlangan», - deya qömita bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks».