Milliy gvardiya xabariga köra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor harakatlanuvçi guruh tomonidan pnevmatik töpponça bilan bank binosiga kirişga harakat qilgan fuqaro qölga olingan.
Ma’lum bölişiça, bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qöriqlaş” bölimi xodimi uşbu fuqaroni binoga kiraverişda közdan keçiriş jarayonida payqab, töxtatib qolgan va taşviş tugmasi orqali xabar bergan.
Öz vaqtida yetib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qölga olingan uşbu fuqaro Urganç şahrida yaşovçi X.A ekani ma’lum bölgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qöriqlaş” boşqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.












