
Toşkent şahrining Şayxontohur tumani Labzak köçasida qurilgan yangi 10 qavatli uyning tom qismida qöşimça uy qurişmoqda.
Turar joyda yaşovçilar bu masala yuzasidan may oyi örtalarida prezidentning virtual qabulxonasiga ham murojaat qilişgan. Ammo murojaat yuzasidan haligaça heç qanday rasmiy javob kelmagan.
“10 qavatli “dom”imizning ustida bir emas, ikkita uy qurilyapti. Ularni qurayotganlar biz yaşayotgan turar joyning 10-qavatida yaşaşadi. Har şanba-yakşanba dom oldiga ğişt, qum tuşirişadi. Keyin kran çaqirtirib, quriliş materiallarini domning tepasiga olib çiqişadi. Öşa yerda işlayotganlar özlarining oddiy yollanma işçi ekanliklarini aytişmoqda. Uyning egasi esa yöq. Afsuski, bizning uy tepasiga çiqib, vaziyatni öz közimiz bilan körişimizga yöl berişmayapti.
Mahallamiz faollari 10-qavatdan uy olgan va tomdayam uy qurayotgan fuqarolardan biri bilan telefon orqali suhbatda quriliş uçun ruxsati borligini aytgan. Turar joyni qurgan pudratçi ham noqonuniy qurilma qurilayotganini oqlab ötiribdi. Aftidan, “dom” tepasida uy qurayotganlar uni rozi qilişgan yoki boşqaça yöl bilan özlari tomonga oğdirişgan deb öylayapmiz.
Bu uyga yetişimiz oson bölgani yöq. Hali pudratçi biz bilan şartnoma qilayotganda bergan va’dalarini töliq bajargani yöq. Aksariyat odamlar uyni qarz olib va ipotekaga sotib olişgan. Özim yuqori qavatlardan birida yaşayman. Uy poydevori loyiha böyiça 10 qavatli imoratga moslab quriladi. Tepadagi ikkita uy oğirlik qilib, poydevorlar yorilişi yoki tom öpirilib bizning xonadonlarimizga ham zarar yetkazişini istamaymiz”, deydi şu köp qavatli uyda yaşovçi, şaxsi sir qolişini söragan fuqaro Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Murojaatçilarning Kun.uz'ga yozişiça, bu yangi turar joy binosining ba’zi loyihalari (bolalar maydonçasi va h.k.) hali qurib berilmagan.

Faqatgina ogohlantiriş
Kun.uz Şayxontohur tumani Labzak köçasi 112-uyning tom qismidagi qurilayotgan inşoot qonunlarga qançalik muvofiqligi yuzasidan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasiga murojaat qildi. Inspeksiya “dom” tepasidagi quriliş noqonuniy ekanini tasdiqladi.
“Inspeksiya tomonidan Şayxontohur tumani Labzak köçasi 112-uy örganilganda, mazkur uyning 69-xonadoni mulkdori tomonidan köp qavatli uyning tom qismiga özboşimçalik bilan yaşaş uçun qöşimça qurilma qurilayotgani aniqlandi.
Şu bois inspeksiya tomonidan huquqbuzarga loyiha hujjatlaridan çetga çiqqan holda uyning tom qismida qurilayotgan qurilmani buzib, binoni avvalga holatiga qaytariş yuzasidan bajarilişi şart bölgan majburiy körsatma berildi. Mulkdorga majburiy körsatma talablari belgilangan muddatga qadar bajarilmagan taqdirda, holat yuzasidan töplangan hujjatlar tegişli sud organlariga yuborilişi haqida ogohlantirildi”, deyiladi tahririyatga taqdim etilgan ma’lumotda.

Qurilma noqonuniy, biroq...
Gapning oçiği, inspeksiyaning bu vaziyatdagi harakatini onalar yoş bolasini “Yana şu işni qilsang, “atata” qilaman!” deb qörqitişiga öxşatiş mumkin. Töğri-da, qonun buzilganmi – buzilgan. Qonunbuzar aniqmi – aniq. Mas’ul idora şuni köra-bila turib, jiddiyroq çora körmayotganini körib, “Qozi sust bölsa, da’vogar muttaham bölar” degan naql xayolga keladi.
Uzoqqa bormaylik, şu yilning fevralida ham Yangihayot tumanida köp qavatli uyning tom qismida noqonuniy ravişda uy qurilgani aniqlangandi. Quriliş vazirligidan Kun.uz'ga ma’lum qilişlariça, bu masalada sudga da’vo arizasi kiritilgan va sudning noqonuniy qurilmani majburiy buzişga doir hal qiluv qarori çiqqan. Işning keyingi tafsilotlari vazirlikka ham, uning mas’ul inspeksiyasiga ham ma’lum emas. MIBdan sörab oliş tavsiya etildi.

Gapning indallosi şuki, mas’ullar kesib-kesib gapirmasa, quruq ogohlantirişdan nariga ötişmasa, bu kabi boşboşdoqliklar hali köp davom etişi, bundan esa fuqarolar jabr köraverişi turgan gap.
Agar jiddiyroq çora köriş uçun vakolatlar yetarli bölmasa, hukumatning qonunçilik taşabbusi vakolatidan unumli foydalanib, amaldagi qonun hujjatlariga şu kabi vaziyatda fuqarolar va davlat manfaatini işonçliroq himoya qiliş imkonini beruvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilişini talab qiliş maqsadga muvofiq.
Yöqsa, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ham, sohaning nazorat inspeksiyasi ham “faqat kök çoy damlay oladigan jin” bölib qolaveradi.
Jamşid Niyozov.











