2021 yilda Pardyu universiteti tadqiqotçilari Yerdagi eng oppoq böyoqni işlab çiqqanini e’lon qilişdi. Rang şunçalik oq-ki, yoruğlikning 98 foizidan köproğini qaytara oladi.
Tadqiqotçilar fikriça, oq böyoq binolarda qöllanilganda taşqi yuzadagi va içki haroratni pasaytiradi, şuningdek, konditsionerga bölgan ehtiyojni kamaytiradi. Bundan taşqari, nazariy jihatdan, bunday qoplama butun sayyoradagi haroratni pasaytirişi mumkin.
Kaliforniya universiteti elektrotexnika va kompyuter injiniringi professori Jyeremi Mandey sözlariga köra, agar bunday oq böyoq bilan Yer yuzasining 1-2 foizi qoplansa, u holda koinotga qaytariladigan yoruğlik miqdori köpayadi, planeta tomonidan yutiladigan issiqlik miqdori kamayadi. Bu global haroratni barqarorlaştiriş uçun yetarli böladi.
Boşqaça qilib aytganda, bunday böyoq iqlim isişi muammosiga yeçim bölişi mumkin. Bundan taşqari, Mandey Yerdan aks ettiriladigan yoruğlik miqdori koinotga katta zarar keltirmasligini ta’kidladi. «Bu xuddi okeanga bir piyola oddiy suv quyganga öxşaydi», dedi u.
Yer yuzasining 1-2 foizi qançalik katta? Sayyoraning umumiy maydoni taxminan 510 million kvadrat kilometrni taşkil etadi (ularning aksariyati suv), şuning uçun böyoq taxminan 5 dan 10 million kvadrat kilometr joyni qoplaşi kerak. Masalan, Qöşma Ştatlarning umumiy maydoni atigi 9,8 million kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Ya’ni, butun mamlakat oq böyoq bilan qoplanişi kerak. Ammo bu hatto nazariy jihatdan ham imkonsiz.
Bundan taşqari, Yer yuzasining atigi 1 foizini qoplaş uçun 139 milliard gallon oq böyoq kerak böladi. Bularning barçasi heç qaçon amalga oşmaydigan nazariyadir.












