Bojxona yuk deklaratsiyasini töldiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga  kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq, quyidagilar bitta BYuDda deklaratsiyalanişi mumkin:

1) bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jönatuvçining manzilidan bitta oluvçining manziliga bitta transport hujjati bilan (bundan bir neçta temir yöl va avtotransport vositasida olib ötilayotgan (olib ötilgan) tovarlar mustasno)  va bir xil bojxona rejimiga joylaştirilayotgan tovarlar;

2) temiryöl va avtotransport vositasida bir neçta transport hujjati bilan olib ötilayotganda (olib ötilganda):

temiryöl transportida olib çiqilayotgan tovarlar böyiça – bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jönatuvçidan bitta qabul qiluvçi manziliga bitta temiryöl transportida bir vaqtda jönatiladigan va bir xil bojxona rejimiga joylaştirilayotgan tovarlar;

temiryöl transportida olib kirilayotgan tovarlar böyiça – bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jönatuvçidan bitta qabul qiluvçi manziliga bitta temiryöl transporti tarkibida Özbekiston hududiga bir vaqtda olib kirilgan va bir xil bojxona rejimiga joylaştirilayotgan tovarlar;

avtotransport vositasida olib çiqilayotgan tovarlar böyiça – bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jönatuvçining manzilidan bitta oluvçining manziliga bitta çegara bojxona posti orqali olib çiqiladigan va bir vaqtda bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylaştirilayotgan bir nom, tur, markadagi, Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga (TIF TN) asosan bitta ön raqamli kod bilan tasniflanuvçi tovarlar;

avtotransport vositasida olib kirilgan (olib kirilayotgan) tovarlar böyiça – bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jönatuvçining manzilidan bitta oluvçining manziliga bitta çegara bojxona posti orqali bir kunda olib kirilgan (olib kiriladigan) va bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylaştirilayotgan bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta ön raqamli kod bilan tasniflanuvçi tovarlar;

TIF TNni talqin etişning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yiğilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va TIF TNning yiğilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvçi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar, agar bunday tovarlar bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jönatuvçidan bitta qabul qiluvçi manziliga bir turdagi transport vositasida olib kirilgan va bojxona hududiga kirib keliş joyida ayni bitta bojxona organiga taqdim etilgan bölsa. Bunda, tovarlar olib kirilib avval boşqa bojxona rejimiga joylaştirilmagan bölsa, BYuD Bojxona kodeksining 261-moddasida közda tutilgan muddatlar doirasida taqdim etilişi lozim;

3) bitta poçta yuk xati bilan olib ötilayotgan yoxud bojxona çegarasi orqali ötayotgan jismoniy şaxsning qöl yukida va bagajida olib ötilayotgan tovar yoki uning bir qismi. Agar tovarlar turli bojxona rejimlariga joylaştirilayotgan bölsa, u holda töldiriladigan BYuDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq bölişi lozim

Ma’lumot uçun, agar tovarlar turli bojxona rejimlariga joylaştirilayotgan bölsa, u holda töldiriladigan BYuDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq bölişi lozim.

Agar tovarlarning taşuvçisi yoki avtotransport vositasining haydovçisi STIR yoki JŞŞIRga ega bölmagan norezident bölsa, u holda şaxsning STIR yoki JŞŞIRi qayd etiladigan joyda kod körsatiladi.

Bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimidan söng Özbekiston tovari (Özbekistonda işlab çiqarilgan tovar) maqomiga ega bölgan qayta işlaş mahsulotlarini olib çiqib ketiş eksport bojxona rejimiga muvofiq, boşqa hollarda qayta işlaş mahsulotlarini, bojxona hududida qayta işlaş uçun olib kirilgan tovar, tovarning çiqindilari va qoldiqlarini qaytarib olib çiqib ketiş reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oşiriladi.