Yevropa Ittifoqi Rossiyada inson huquqlarining jiddiy buzilişi, xususan, siyosatçi Aleksey Navalniy va jamoat arbobi Vladimir Kara-Murzaning ta’qibi uçun mas’ul bölgan 12 kişi va beş taşkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda 20 iyul, payşanba kuni YeI kengaşi saytida ma’lum qilindi.

Jazoni ijro etiş federal xizmati direktori Arkadiy Gostev, uning örinbosari Aleksey Giriçev, Vladimir viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatiş koloniyasi boşliği Dmitriy Nojkin, şuningdek, uning örinbosarlari Yuriy Fomin, Danila Sinyuxin va Anatoliy Gorşkovga nisbatan sanksiyalar qöllangan. Aynan şu koloniyada Navalniy muddatini ötamoqda.

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi muxolifat yetakçisi Vladimir Kara-Murzani zaxarlaşda aybdor deb hisoblagan «FSB» zobiti Aleksandr Samofal ham çeklovlarga tuşdi.

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari, şuningdek, «Rossiyada özboşimçalik bilan hibsga oliş uçun ommaviy yuzni tanib oliş texnologiyasini suiiste’mol qilgan» tuzilmalar va odamlarga nisbatan ham joriy qilingan. YeIga köra, ular orasida Moskva merining örinbosari Natalya Sergunina, Moskva IIBB boşliği Oleg Baranov, Moskva axborot texnologiyalari departamenti rahbari Eduard Lisenko, şuningdek, ular boşçiligidagi tuzilmalar bor.

Yevropa Ittifoqining qayd etişiça, sanksiyalar röyxatiga kiritilgan odamlar va idoralar siyosiy sabablarga köra sud qarorlarini qabul qiliş, kuzatuv va ommaviy hibsga olişda iştirok etgan. Şuningdek, Moskva meriyasining NtechLab, «Elektronnaya Moskva» AJ va Tevian yuzni tanib oliş texnologiyasi uçun mas’ul bölga pudratçi kompaniyalari ham sanksiyalar ostida qoldi.