Prezident tomonidan “Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisida”gi qaror imzolandi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etilmoqda. Jöqorği Kenges raisi jamğarma raisi etib belgilanmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi şu yil içida hududning 452ta mahalla fuqarolar yiğinlarining (MFY) har biriga 500 mln sömdan mablağ yönaltiradi (jami 226 mlrd söm); 

Mahallada jinoyatçilikning oldini oliş hamda obodonlaştiriş işlarini ta’minlaşga öz hissasini qöşgan taşabbuskor fuqarolar, mahallalardagi köçaboşi va uyboşilarni rağbatlantiriş maqsadida jamğarmaga jami 228 mlrd söm miqdorida mablağ ajratiladi.

Jamğarmadan mablağ ajratiş tartibi quyidagiça belgilanmoqda:

loyihalar mahalla raislari tomonidan hokim yordamçilari bilan birgalikda mahallada yaşovçi aholining hududdagi muammolarni bartaraf etiş böyiça taklif va tavsiyalari umumlaştirilgan holda şakllantiriladi;

jamğarmaning Kuzatuv kengaşi 5 kun içida loyihalarni körib çiqib, jamğarmadan mablağlar ajratiş böyiça qaror qabul qiladi;

mahalla raislari tomonidan şakllantirilgan va boşqariladigan loyihalarni moliyalaştiriş uçun har bir MFY uçun alohida hisobvaraqlar oçiladi;

loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq barça jarayonlari, jumladan tovarlar (işlar, xizmatlar)ni sotib oliş böyiça tanlov (tender) savdolarini ötkaziş, amalga oşirilgan işlar uçun tölovlarni amalga oşiriş, bajarilgan işlarni qabul qiliş MFY raislari tomonidan amalga oşiriladi.