Şimoliy Koreya Sariq dengiz tomon bir neçta qanotli raketalarni uçirdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi Janubiy Koreya ştab boşliqlari qömitasiga tayanib. Uşbu ma’lumotlarga köra, uçiriş mahalliy vaqt bilan 22 iyul kuni taxminan soat 04:00da (Toşkent vaqti bilan 22 iyul kuni taxminan 00:00) amalga oşirilgan, raketalar dengizga qulagan. Agentlikning qöşimça qilişiça, Janubiy Koreya harbiylari va AQŞ razvedkasi «uçirişlarni tahlil qilmoqda». 

Şimoliy Koreyaning oldingi raketa sinovi 19 iyul kuni, Pxenyan qarama-qarşi yönalişda, Yapon dengizi tomon ikkita qisqa masofali ballistik raketa uçirganda bölib ötdi. Seul buni «provokatsiya harakatlari» va BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarining oçiqdan-oçiq buzilişi sifatida baholab, Koreya Respublikasi Qurolli kuçlari doimiy jangovar şaylikni saqlab turişini aytdi. 
 
18 iyul kuni Seulda Janubiy Koreya va AQŞ Qöşma yadroviy maslahat guruhining birinçi yiğilişini ötkazganidan söng Şimoliy Koreyaning raketa uçirişlari faollaşdi. Şu bilan birga, 1981 yildan beri birinçi marta AQŞning yadroviy qurolga ega suvosti kemasi USS Kentucky Janubiy Koreyaga yetib keldi. 

Şimoliy Koreya mudofaa vaziri Kan Soon Namning aytişiça, suvosti kemasining Janubiy Koreyaning Pusan portiga kelişi «Şimoliy Koreyaning yadroviy kuçlari töğrisidagi qonunida körsatilganidek, yadro qurolidan foydalaniş şartlariga boğliq bölişi mumkin». 

18 iyul kuni AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin demilitarizatsiya qilingan hududga taşrif buyurgan amerikalik askar «qasddan va ruxsatsiz» Janubiy va Şimoliy Koreya örtasidagi demarkatsiya çiziğini kesib ötgani va u göyoki KXDRda hibsda saqlanayotganini aytdi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, gap Travis King ismli oddiy askar haqida boryapti. Pxenyan Vaşingtonning askar taqdiri haqidagi sörovlariga hozirça javob bermadi, deya xabar bermoqda Amerika axborot agentliklari.