Qayd qilinişiça, şu davr içida 107 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosiga konsullik xizmati körsatilgan. 3 mingga yaqin fuqaroga çet elda iş bilan ta’minlanişga kömak berilgan. 10 mingdan ortiq fuqaroga moddiy yordam körsatilgan. 

Çet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, jumladan, odam savdosi qurboni bölgan yoki işsiz, boquvçisiz qolgan va boşqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqaro Özbekistonga qaytarilgan, 113 nafari vaqtinça saqlaş muassasalaridan olib çiqilgan. 

Pasporti iş beruvçilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qöyilgan 133 nafar fuqaroga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar olib berilgan. 

Ötgan olti oy mobaynida 60 mingdan ortiq çet el fuqarosiga Özbekistonga kiriş vizasi berilgan, şundan 32 mingdan ortiği elektron tarzda rasmiylaştirilgan.