Ukrainaning 4 iyun kuni boşlangan yurişi (agar Baxmut atrofidagi qarşi hujumlar boşlanğiç nuqta sifatida olinsa, may oyi örtalarida), qariyb ikki oy ötganidan keyin nihoyat birinçi kulminatsiya bosqiçiga çiqdi. Şubhasiz, bu yagona amaliyot sifatida emas, balki turli vaqt va turli joylarda berilgan zarbalar seriyasi sifatida işlab çiqilgandi. Hujum qilayotgan qöşinlar birinçi navbatda öz pozitsiyalarini Rossiya armiyasining mustahkamlangan mudofaa liniyasidan ajratib turgan 7-10 kilometrlik masofani bosib ötişi talab etilardi. Endi esa bu vazifani bajarilgan deb hisoblaş mumkin.

Ukraina qömondonligi rejasiga köra, bu ança avvalroq röy berişi kerak edi. Ammo hujum qilayotgan kuçlar minalangan maydonlarda, Rossiya artilleriyasi öqlari, tankka qarşi komplekslar va vertolyotlarning zarbalari tufayli katta yöqotişlarga duçor böldi. Iyul oyi oxiriga kelib ukrain armiyasi RF qurolli kuçlarining asosiy mudofaa liniyasidagi qator qişloq va posyolkalarni şturm qilişga kirişdi. Amerikaning The New York Times naşri esa Ukraina qurolli kuçlari «asosiy zarbani berişni boşlagan bölişi mumkinligi» haqida yozdi. Naşr taxminiga köra, Zaporijjya oblastidagi Orixiv yönalişi asosiy yönaliş sifatida tanlangan — bu yerda ğarb yetkazib bergan zirhli texnikalar bilan jihozlangan brigadalar hujumga ötdi.

CNN ham Ukraina sönggi oylardagi sekin harakatlardan keyin hujum sur’atlarini kuçaytirganini yozmoqda. Amerikalik ikki mulozim naşrga Ukraina mamlakat janubi-şarqiga qöşimça kuçlar taşlagani, bu esa Ukraina qurolli kuçlari Rossiya mudofaa çiziqlaridagi zaif nuqtalar aniqlanganidan dalolat berişini aytgan.

Bloomberg naşri esa Ukraina qarşi hujumining yangi bosqiçi boşlangani haqida yozgan. Ukraina Zaporijjya oblastining Orixiv şahridan yuriş qilib, janubdagi Rossiya mudofaasini yorib ötiş uçun katta zaxiralarni jangga taşlagan va Tokmak orqali Melitopol şahriga çiqiş maqsadida faol hujum qilmoqda.

Zaporijjya oblastida harbiy harakatlar faollaşgani haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham aytib ötdi. U öz odatiga köra Ukrainaning barça urinişlari muvaffaqiyatsiz çiqayotganini takrorlagan.

Amalda Ukraina qurolli kuçlari amaliyoti şakli aniq emas: ular geografik jihatdan bir-biri bilan boğliq bölmagan hududlarda hujum qilişda davom etmoqda. Egallaş uçun janglar olib borilayotgan aholi yaşaş manzillari bir-biridan önlab kilometrlar masofada joylaşgan. Asosiy zarba yönalişini hali ham faqat taxmin qiliş mumkin. Ukraina qömondonligi dastlabki muvaffaqiyatsizliklar tufayli zaxiralarni harakatga keltirişga majbur bölgan — va bu qöşinlar ham, yurişning boşlanğiç bosqiçidagi kabi turli yönalişlarga teng taqsimlangan.

Rossiya qömondonligi ham öz rejalarining bir qismini oçiqlab qöydi: ular hozirça yirik zaxiralarini Ukraina qurolli kuçlari hujum qilayotgan joylarga taşlamaydi (faqat Baxmut fronti bundan istisno, bu yerda RF QK «Vagner» XHK korpusi jang maydonidan ketişi tufayli, ularning örniga zudlik bilan zaxira kuçlaridan yangi guruh şakllantirişiga töğri kelgandi), lekin Ukraina şimoli-şarqida — Xarkiv, Luhansk va Donetsk oblastlari tutaşgan joyda öz yurişini boşlaş uçun katta miqdordagi zaxiralarini töplagan. Körinib turibdiki, bu guruhning vazifasi ukrain resurslarini Baxmut va mamlakat janubidan çalğitiş hisoblanadi.

Baxmut

  • Frontning bu uçastkasi janubida köp haftalardan buyon davom etayotgan janglardan keyin Ukraina qurolli kuçlari vagnerçilar örniga kelgan RF QK bölinmalarini Şimoliy Don — Donbass kanali va Baxmut — Konstantinovka trassasi böylaridan surib çiqarişga muvaffaq bölgan. Sönggi haftalarda bu hududga Rossiya zaxira kuçlari olib kelinganiga qaramay, ukrain qöşini RF QKning Kleşçiyevka va Andriyivka qişloqlaridan ğarbdagi tepaliklarda joylaşgan asosiy istehkomlarini egallagan. 25 iyul kuni ukrain qöşini bu qişloqlarni şturm qilişga kirişdi.
  • Bu janglar yakuni hozirça noma’lum. Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari Kleşçiyevkaning janubiy çekkalarida közga taşlangan. Videoga köra, ular rossiyaliklar artilleriyasi tomonidan öqqa tutilgan.
  • Bundan oldinroq Ukraina qurolli kuçlari bir neça hafta davomida rossiyaliklarning front içkarisidagi artilleriya tizimlariga zarbalar berib kelgandi (internetda RF QKning Baxmutdan bir neça kilometr masofadagi artilleriya tizimlari nişonga olingani körsatilgan önlab videolar mavjud). Ammo, körinib turibdiki, Rossiya qöşinlarining öt oçiş tizimlarini töliq bostirişning imkoni bölmagan.
  • Agar Ukraina qurolli kuçlari Kleşçiyevka va Andriyivkani ozod qilişga muvaffaq bölsa, ular Baxmutga janubdan kirib kelişi mumkin («Vagner» ham qiş örtalarida şu qişloqlarni egallaganidan keyin şunday qilgandi). Ammo bu Rossiya mudofaasini qulata olmaydi, garçi uni qiyin ahvolga solib qöysa ham: Rossiya guruhining asosiy ta’minot liniyalari (Baxmut — Popasnaya va Baxmut — Soledar yöllari) şimoli-şarqda joylaşgan hamda hozirça nisbatan işonçli himoyalangan.
  • Ukraina qurolli kuçlarining Baxmut şimolida yurişlari (bu hujumlar orqali şahardagi Rossiya guruhining ta’minotini xavf ostiga qöyiş közlangan) bir neça haftadan buyon bir joyda töxtab qolgan. Ukrain kuçlari Baxmutdan şimoli-şarqdagi yuk maşinalari böylab zarbalar berişga uriniş bilan kifoyalanmoqda.
  • Rossiya qöşini katta ehtimol bilan Kleşçiyevkani taşlab çiqadi — qişloqdan ğarbdagi tepaliklar boy berilganidan keyin uni mudofaa qiliş öta qiyinlaşgan. Ammo bu mudofaa çiziği yorib ötilişiga olib kelişi  dargumon: agar RF QK bölinmalari ortga çekinsa, ular Kleşçiyevka va Andriyivkadan şarqdagi yangi mudofaa çiziqlariga örnaşadi.

Velika Novosilka yönalişi

  • Donetsk va Zaporijjya oblastlari çegarasida sönggi haftalarda bölib ötgan janglar Rossiya mudofaasida inqiroz keltirib çiqardi.
  • Velika Novosilka rayoni markazidan çiqib, Suxiye Yali daryosi sohillari böylab janubga qarab harakatlangan va yöl-yölakay bir qança qişloqlarni ozod etgan Ukraina qurolli kuçlarining yurişi iyul oyiga kelib töxtab qolgandi. Qanotlardagi tepaliklarni egallamasdan turib, daryo böylab janubga yuriş qiliş imkonsizligi ma’lum bölgandi. Şunda ukrain kuçlari zaxira kuçlarni işga soldi va ğarbiy qanotda yirik yuriş boşladi; ular Rovnopol qişloğini egallab, janubga harakatlandi. Iyul oyi oxiriga kelib Ukraina QK Priyutne va Staromayorske qişloqlarini şturm qilişga kirişdi. 27 iyul kuni keçqurun Volodimir Zelenskiy ukrain harbiylari Staromayorskeni egallagani aks etgan videoni namoyiş etdi, mamlakat mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlab, ayni vaqtda qişloq hududini tozalaş işlari ketayotganini bildirdi.
  • Ğarbiy qanotdagi yutuqlar (Staromayorske, Priyutne va bu qişloqlarning atrofi ozod etilişi) Ukraina qurolli kuçlariga RF QKning Mokriy Yalining boşqa sohilidagi Urojayne posyolkasidagi istehkomlariga uç tomondan hujum qiliş imkonini beradi. Bu esa Rossiya qöşinini Staromlinivka yönalişida janubga çekinib,  ikkinçi mudofaa liniyasiga ötişga majbur qiladi.

Orixiv yönalişi

  • Iyun oyida Ukraina qurolli kuçlarining ğarb zirhli texnikalari qurollangan yangi kuçlari Rossiyaning Zaporijjya oblastidagi guruhining muhim logistik markazi bölmiş Tokmak şahriga Orixivdan eng qisqa yöl orqali yorib ötişga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uçragandi. Ammo qariyb ikki oyga çözilgan hujumlardan keyin Rossiya armiyasining bu yönalişdagi eng yaqin istehkomlari joylaşgan Rabotine posyolkasigaça bölgan 7 kilometrlik «heç kimga tegişli bölmagan» hudud bosib ötildi. Nihoyat, iyul oyining ikkinçi yarmida Ukraina qurolli kuçlari Rabotineni şarqdan aylanib ötib, unga şimoldan yaqinlaşdi. Ukraina qurolli kuçlari buning uçun yirik zaxiralarini işga solişiga töğri keldi (iyun oyidagi harbiy harakatlarda qatnaşmagan bir qança brigada qismlari jang maydonida paydo bölgan).
Iyul oyi boşida Velika Novosilka yönalişida Rovnopol qişloğini egallagan Ukraina QK janubga siljişda davom etgan. Rovnopoldan janubroqdagi tepaliklarni egallab, 20 iyuldan keyin ular oğir janglar bilan Staromayorske va Priyute qişloqlari çekkalariga yaqinlaşib kelgan.
Orixiv yönalişida esa Ukraina qömondonligi Robotine va Verbove yönalişida yangi kuçlarni jangga taşlagan. Öz qarşi hujumi boşlanganidan 50 kun ötib Ukraina QK nihoyat Rossiya mudofaasining birinçi çiziğida joylaşgan Robotineni şturm qilişni boşladi.
  • Posyolka çekkalariga kiriş uçun 26 iyul kuni amalga oşirilgan birinçi uriniş, aftidan muvaffaqiyatli çiqmagan: hujum qilayotgan qöşin tankka qarşi komplekslar, artilleriya va vertolyotlar zarbalari tufayli köplab zirhli texnikalarini yöqotgan. Ammo yaqin vaqtlar içida Rabotineni egallaş uçun navbatdagi şturmlar va undan şarqda joylaşgan Verbove qişloğiga hujum qilinişi kutilmoqda.

Rossiyaning şimoldagi yurişi

  • RF QKning Luhansk, Donetsk va Xarkiv oblastlari çegarasidagi (janubdagi Kreminna va Torskedan şimoldagi Kupyanskka qadar) yirik yurişi, katta ehtimol bilan dastlabki yutuqni olib keldi. Vaziyatni aniq baholaş qiyin: Rossiya armiyasining asosiy zarbasi hududi — Jyerebets va Oskol daryolari oraliğidan — şunçaki heç qanday videolar kelmayapti. 
  • Ammo ikki tomon ham yuriş faktining özi va Rossiya qöşinlari bu yönalişda oldinga çuqur siljiganini tan olmoqda. RF mudofaa vazirligi Rossiya qöşini Jyerebets daryosini keçib ötib, uning ğarbiy sohilida platsdarm taşkil etgani va Sergeyevka qişloğini egallaganini (amalda qişloqdan faqat nom qolgan, uning özi ançadan buyon xaritalarda mavjud emas) xabar qilgan. Ukrainadagi manbalar esa Rossiya qöşini yanada ilgarilab, yana bir qança qişloqni egallaganini aytmoqda. Körinib turibdiki, bu yönalişda hujum qilayotgan Rossiya guruhi son jihatdan ança ustunlikka ega.
  • Rossiya qömondonligi bu yuriş orqali Ukraina tomonini heç bölmaganda Baxmut yönalişidagi qöşinlarning bir qismini RF QK yölini tösiş uçun şimolga yöllaşiga majbur qilişni közlagan.
Rossiya armiyasi yirik kuçlar bilan (katta ehtimol bilan Ğarbiy harbiy okrugning 4-tank diviziyasi asosida şakllantirilgan) Jyerebets daryosini keçib ötdi va uning ğarbiy sohilida katta platsdarm taşkil etdi. Şundan keyin ğarb tomon yuriş davom ettirilmoqda.
Ukraina QK Kleşçiyevkadan ğarbdagi tepaliklar uçun bir neça haftalik janglardan keyin qişloqning ğarbiy çekkalariga kirdi. Şu bilan bir vaqtda, ukrain harbiylari Andriyivkaning ğarbiy çekkalarini egallagan, endi Rossiya qöşini bu qişloqlarni taşlab çiqib, Horlivka-Baxmut temiryöli ortiga çekinişi kutilmoqda.