Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida YPX inspektorlarini tarvuz öğirlaşda ayblangan fuqaro beş sutkaga qamaldi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Bir neça kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qumqörğon tumanida YPX inspektorlari tarvuz öğirlagani aytilgan video tarqalgandi. Viloyat YHXB holatga munosabat bildirib, voqea aslida boşqaça bölganini ma’lum qilgan.
Unga köra, videodagi holat «Boymoqli» mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yöl patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarişdan böyin tovlab, özining tanişlari bilan xodimlarga nisbatan qarşilik körsatayotgan bir guruh fuqarolar örtasida sodir bölgan.
Holatga aloqasi bölmasa-da şu atrofda turganlardan biri xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Tegişli suriştiruv işlari amalga oşirilganda fuqaro öziga tegişli Labo yukxonasida tarvuzlarning bir neçtasi kamaygani va şu atrofda YPX xodimlari turgani uçun ularni öğirlikda ayblaganini aytgan.
Holat böyiça töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Qumqörğon sudiga jönatilgan.
«Bu darajada böladi deb öylamagandim. Telefonimda bölgan [video], guruhdagilar uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan», deydi ayblanuvçi.

Ayblanuvçi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-moddasi (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.












