Favqulodda vaziyatlar vazirligi toğli hududlarga borganda amal qiliş tavsiya etilgan ehtiyot çoralari haqida ma’lumot berdi.

Heç qaçon toğli hududlarga bir özingiz çiqmang, bu xavfli bölişi mumkin, deyiladi xabarda. Agar siz bilan birga joyni va toğda özini qanday tutişni yaxşi biladigan malakali sayohatçi bölmasa, unda tajribali yölboşçini yollang.

Agarda toğga bir kunga çiqmoqçi bölsangiz ham, qöşimça kiyimlarni oliş maqsadga muvofiq. Toğli hududlarda havo hamişa özgaruvçan böladi, ayniqsa 1600 metrdan balandlikda.

Agar past joylarda issiq bölsa-da, toğning çöqqisida yomğir yoğişi va tuman tuşişi mumkin. Agar bularga şamol ham qöşilsa, xavf ikki barobar oşadi.

Balandlik har 100 metrga oşgan sari, harorat 1 darajaga pasayib boradi. Mumkin qadar oyoq kiyim qalin poşnali va nam ötkazmaydigan bölişi kerak. Şippak va krossovkalar kiyiş tavsiya etilmaydi. 1 kunlik sayr uçun ozgina ovqat, suv uçun plastik idiş, nam ötkazmaydigan kurtka va boş kiyim bölişi maqsadga muvofiq.

Agar bir neça kunga toğga çiqişni istasangiz, yoningizda albatta qöşimça şim, köylak, nam ötkazmaydigan kurtka, boş va oyoq kiyim, palatka, qop körpa, qozonça, karta, kompas va bir neça kunga yetadigan oziq-ovqat zaxirasi bölişiga ahamiyat bering.

Şu bilan birga, kiyim-keçak va ovqatning oğirligini hisobga oliş lozim. Çunki 2 km masofa bosib ötilganidan keyin, tayyorgarligi yöq odam oğir yukni kötara olmaydi.

Tuman tuşganida köriş masofasi 10 metrni taşkil etişi inobatga olinsa, bunday vaziyatda yöqolib qoliş juda oson. Şuning uçun doimo hamrohlar bilan birga yonma-yon yuriş kerak.

Toğga sayrga çiqişda boradigan yöl va manzil haqida yaqin odamlarga oldindan xabar beriş lozim.

Yöl va manzil haqida joylardagi FVV idoralari bilan maslahatlaşib oliş tavsiya etaladi, çunki tanlangan yöl xavfli bölişi mumkin.

Özbekistonning toğli hududlarida yirtqiç hayvonlar borligini esda tutiş lozim: ayiq, böri va hokazolar.

Notaniş joyda birinçi navbatda rejaga asosan harakatlaning. Agar sizlar bir neça kişi bölsangiz, doimo birgalikda harakat qiling. Toğda har qanday hodisa bölişi mumkin, hattoki adaşib qoliş ham. Toğda kutilmagan joylarda jarliklar bölişi mumkin.

Uyali aloqa vositalarini imkon qadar yoningizda olib yuriş tavsiya etiladi. Qiş faslida qor köçkisi holatlari köp uçraydi. Agar siz birinçi marotaba toğga çiqqan bölsangiz, uzoq masofaga sayr qilmang.

Toğda xavfsiz sayr qiliş uçun yölboşlovçi xizmatidan foydalaning.