Iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar örtaça 0,2 foizga arzonlaşdi, deya xabar qildi Statistika agentligi.
Ketma-ket ikki oylik mavsumiy deflyatsiya ortidan, yillik inflatsiya (ötgan yilning iyuliga nisbatan) 8,9 foizga tuşgan. Yil boşidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar örtaça 3,3 foizga ösgan.
8,9 foizlik yillik inflatsiya – 2016 yil avgustidan (8,6 foiz) keyingi davrdagi eng past körsatkiç hisoblanadi.
Statistika organi 2023 yil iyulida oziq-ovqat mahsulotlari örtaça 0,9 foizga arzonlaşgani, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va pulli xizmatlar 0,5 foizga qimmatlaşganini qayd etdi.
Yillik nisbatda oziq-ovqatlar örtaça 10,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 7,3 foizga, xizmatlar esa 8,2 foizga qimmatlaşgan.
Iyul oyida narxi tuşgan oziq-ovqatlar: şakar (-4,6%), tuxum (-4%), kungaboqar yoği (-3%), sut (-2,8%), un (-2,1%). Yillik nisbatda esa sut 17,5%, kungaboqar yoği 14,7%, un 5,5% ga arzonlaşgan; tuxum 12,2%, şakar 5,6% ga qimmatlaşgan.
Iyul oyida narxi oşgan oziq-ovqatlar: guruç va guruç oqşoği (+1,7%, yillik +50,6%), suyakli mol göşti (+0,7%, yillik +13%), qöy göşti (+0,5%, yillik 12,5%).
Meva-sabzavotlardan iyul oyida eng köp bodring (+8,1%), qovun (6,3%), sabzi (+5,9%), limon (+4,9%), uzum (+4,4%) va olma (+3,5%) qimmatlaşgan. Baqlajon (-37,6%), bulğor qalampiri (-36,8%), pomidor (-30,5%) va piyoz (20,2%) sezilarli arzonlaşgan.
Benzin narxlari ötgan oydagi kabi barça hududlarda oşgan – respublika böyiça örtaça 2 foizga. Avtotransport vositalari uçun yoqilğisi narxi 0,2 foizga, şu jumladan propan narxi 0,8 foizga kötarilgan. Transport vositalariga texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş böyiça xizmatlar 2,5 foizga qimmatlaşgan.
Havo transportida yölovçi taşiş xizmatlari narxi iyul oyida 4,3 foizga oşgan. Bu holat milliy valuta kursining yevroga nisbatan özgarişi bilan izohlandi. Temiryöl çiptalari narxi 1,2 foizga kötarilgan.
Umumiy ovqatlaniş joylaridagi narxlar 9 ta hududda 0,2 foizdan 2,3 foizgaça qimmatlaşgan. Mehmonxona xizmatlari narxlari 4 ta hududda 1,7 foizdan 2,4 foizgaça oşgan.
Eslatib ötamiz, kuni keça bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Statistika agentligining rasmiy inflatsiya körsatkiçlarini MB olib boradigan muqobil hisob-kitoblar ham tasdiqlayotganini aytgandi.












